Baxtli bo‘lish uchun 10 maslahat

Biz baxtli insonlarga doimo havas bilan qaraymiz. Ularni “hayotda omadi chopganlar” deb ataymiz. Xo‘sh, aslida baxtlilar shunday bo‘lib tug‘ilganmi yoki buning siri bormi?

Kimdir baxtni sokinlik, oilaviy xotirjamlik deb biladi, yana kimlar uchundir u ijodiy o‘sish yoki boshlab qo‘yilgan biznesining rivoj topishi. Bu borada biror to‘xtamga kelish qiyin, sababi hamma o‘z dunyo qarashidan kelib fikr yuritadi. Ammo bir narsa aniq: hayotingizni o‘zgartirishni istasangiz, avvalo fikrlashingizni o‘zgartiring.

Biz esa insonni baxtli qilishga ko‘mak bera oladigan maslahatlar bilan tanishtiramiz.

  1. Uyg‘unlik va ruhiy muvozanat

Sizdagi jahl va energiya manbai haqida bilib oling. To‘g‘ri siz barcha ko‘ngilsiz va muvaffaqiyatsiz vaziyatlardan butunlay xalos bo‘la olmaysiz, ammo bu kabi vaziyatlarda o‘zingizni xotirjam tutish orqali ruhiy muvozanatni saqlashingiz mumkin. Yoga mashg‘ulotlari yoki xayriya ishlari ham uyg‘unlik va ruhiy muvozanatni saqlashda muhim yordamchi bo‘la oladi. Insonni jahli chiqqanida qilgan harakati va gapirgan gapidan keyinchalik afsus chekishi mumkin, ammo aksincha vazminlik bilan bildirilgan munosabat hech qanday ortiqcha ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lmaydi.

  1. Salomatlik

Agar siz jismoniy faol bo‘lsangiz, to‘g‘ri ovqatdanish qoidalariga rioya qilsangiz, uxlashingiz me’yorida bo‘lsa, barcha zararli odatlardan uzoq bo‘lsangiz , demak sizdagi energiya to‘la, kam charchaysiz, bu degani siz sifatli hayot kechirasiz.

  1. Shaxsiy o‘sish

Kitob mutolaa qiling, ongni o‘stirishga ko‘mak beruvchi filmlar tomosha qiling, yangiliklar bilan doimiy tanishib boring, o‘zingiz uchun yangi bo‘lgan sohalarga qiziqing, sevimli mashg‘ulotga ega bo‘ling.

  1. Shubhasiz ishonch va muhabbat

Kimning qalbi ochiq va muhabbatga limmo-lim bo‘lsa, u juda himoyasiz bo‘lib, ko‘pgina xatolarga yo‘l qo‘yadi. Ammo, haqiqiy muhabbatdan chinakam baxtiyorlikni tuya oladigan  insonlar, aynan o‘shalardir.

5      O‘z hayotingiz va xatolaringizga nisbatan javobgarlik hissi

Agar sizda muvaffaqiyatsiz holatlar kuzatilayotgan bo‘lsa bu haqida jiddiy o‘ylab ko‘rish vaqti keldi. O‘z xatolaringiz uchun boshqalarni aybdor qilishga shoshilmang. Biz har bir gapirgan so‘zimiz, harakatlarimiz uchun faqat o‘zimizgina aybdormiz va bu uchun javob beramiz. Muhimi qilgan xatolarimizdan to‘g‘ri xulosa chiqarish. O‘tgan zamonni eslash kerak, ammo unda yashash kerak emas. O‘tgan zamon o‘tdi-ketdi. Xatolardan chiqarilgan xulosa biz uchun katta maktab ekanini unutmaylik hamda oldinga olg‘a intilaylik.

  1. Dunyoga bola ko‘zlari bilan nazar soling
Yana o‘qing:  TANTI TABIATNING DARMONBAXSH TUHFALARI

Kerak, kerak emas barcha narsalarga ham e’tibor qaratavermang. Har bir kichik, arzimasdek tuyulgan narsalar uchun bolalar singari dildan quvonishni o‘rganing.

  1. Oldingizga maqsad qo‘ying

Agar sizda aniq bir maqsad bo‘lmasa taqdir sizni o‘zi istagan biror joyga uloqtirishi turgan gap. Natijada siz ruhiy tushkunlikka tushasiz, atrofga nisbatan befarq bo‘lib qolasiz.  Muvaffaqiyatsizliklar ustidan qozonilgan g‘alaba bizni yanada kuchli qiladi. Oldingizga qo‘ygan maqsadingizdan og‘ishmay harakat qilsangiz ko‘zlagan marraga yetishingiz shubhasizdir.

  1. Minnatdorlik hissi

Unutmang, hammasi yaxshilikka! Taqdir sizga istalgan sovg‘ani eng yaxshi ko‘rinishda, kutmagan vaqtingiz taqdim etadi. Hatto siz ishingizni yo‘qotsangiz ham kuyunmang, oldinda sizni haqiqiy maqsad tomon olib boradigan yo‘l bor, muhimi shuni yo‘qotmaslik. Barcha narsa uchun taqdiringizdan minnatdor bo‘ling. Hatto muvaffaqiyatsizlik va yo‘l qo‘yilgan xatolardan olingan saboqlar uchun ham. Axir, bularsiz o‘sish mumkin emas. Ammo kimnidir yengishni emas, g‘alaba qilishni maqsad qiling.

9    Oldi-berdi muvozanati

Insonlarga ham ma’naviy ham moddiy ko‘mak ko‘rsatish mumkin. Bunday paytda o‘zingiz haqingizda unutib qo‘ymang.

10  Insonlarni seving va qadrlang

Atrofdagi insonlarning ijobiy xislatlarini ko‘rishni o‘rganing. Ularning salbiy jihatlariga kamroq e’tibor qarating. Siz atrofdagi odamlarni, o‘zingizni sevishingiz orqaligini haqiqiy baxtni his eta olasiz. Insonlarni tashqi ko‘rinishiga qarab emas, Sizga bo‘lgan munosabatiga qarab baholang. Insonlarni sevish, narsalardan esa foydalanish kerak. Aslo uning teskari qilish kerak emas.

Agar yaxshilab ahamiyat berib qaralsa, o‘sha biz ideal sanagan, baxtlilarning ham yetarli darajada muammolari borligini ko‘ramiz. Ayrim hollardagi, ulardagi muammolar hatto biznikidan ham ko‘p bo‘ladi. Hayratlanarlisi esa, baxtlilar bundan aslo tushkunlikka tushishmaydi. O‘tayotgan har bir kunidan zavq olishadi. Aslida ularning yutug‘i ham hayotni boricha qabul qilishlaridadir.

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: