Yaponlardan texnika mo‘jizasi

«Toyota» kompaniyasi avtomobil va mototsikl gibridi bo‘lgan «i-Road»ni ishlab chiqarishi haqida e’lon qildi. Ushbu g‘aroyib uch g‘ildirakli transport xususiy shaxslarga sotilmaydi.

Ularning hammasi avtomobillar almashuvi bo‘yicha maxsus dasturda qatnashish uchun yig‘iladi. Biroq cheklangan seriya sinovdan o‘tkazilganidan so‘ng avtomobil keng ishlab chiqarishga qo‘yilishi ham mumkin. Bu holda «Renault Twizy» uning asosiy raqibiga aylanishi shubhasiz.

«i-Road»ning old tomonida ikkita, orqasida bitta g‘ildiragi bo‘lib, u burilishlarda egilish imkonini beruvchi konstruksiyaga ega. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, «i-Road» deyarli mototsiklday manyovrlar qilishga qodir. Bunda unga «Active Lean» texnologiyasi ko‘maklashadi. Uning yordamida kompyuter avtomat tarzda egilish burchagini nazorat qiladi va harakatlanish xavfsizligini kafolatlaydi.

Ikkita old g‘ildirak har biri 2 kV quvvatga ega elektr motorlar yordamida harakatlanadi, ular litiy-ionli batareyalardan quvvat oladi. Tezligi soatiga 45 km ni tashkil etadi. Avtomobil zaryadlanmasdan 50 km dan sal kamroq yura oladi, qayta zaryadlash uchun esa uch soat zarur bo‘ladi.

«Toyota» kompaniyasida aytishlaricha, bitta mashina turadigan joyga to‘rtta «i-Road» sig‘ishi mumkin. Uning uzunligi 2350 mmni, balandligi 1445 mmni, og‘irligi esa bor-yo‘g‘i 300 kg ni tashkil etadi. Haydovchining orqasida bitta yo‘lovchi uchun joy bor.

Yana o‘qing:  Til bayramiga bag‘ishlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: