Kleopatra go‘zalligining siri

Kleopatra tirikligidayoq afsonaga aylangan. U tarixiy kitoblarda tengsiz go‘zallik va jozibali ayol sifatida tasvirlangan. Kleopatra keksayishni aslo istamadi va yoshlikni imkon qadar uzoq davom etishi uchun hamma narsa qildi. U qarilikka qarshi ixtirolari tufayli go‘zalligini saqlab qolishga erishdi.     

Sutli hammom

 

Misr xududi issiq bo‘lgani bois u yerliklarning terisi juda quruq. Ammo Kleopatraning bunga yechimi – sutli hammom edi. Malika bir litr iliq sutga bir stakan asal qo‘shgan. Bunday hammomda 15 daqiqa tursangiz teringiz yumshoq va mayin bo‘ladi.   

 

Skrab

Bir necha asr ilgari Kleopatra bu kabi zamonaviy ko‘rinishda tananing g‘amxo‘rligini bilgan. Malika dengiz tuzi va qalin kremni aralashtirish orqali terini oziqlantirgan.

Yuz niqoblari

Kleopatra yuzini oq rangda ko‘rinishi uchun loy va moylardan foydalangan. Uning niqoblarini tayyorlash juda oson:  2 osh qoshiq loy va sut, 1 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq limon sharbati.

            Krem          

   Malika uchun kremlar maxsus retseptlar bo‘yicha pishirilgan. Asosiy tarkibiy qism aloye sharbati edi. Kleopatra kremini tayyorlash uchun sizga 2 osh qoshiq aloye suvi,  asal mumi va 1 osh qoshiq bodam yog‘i kerak bo‘ladi. Olingan massa isitiladi va asta-sekin 100 gr erigan yog‘ qo‘shiladi. Bunday krema uchun vitamin  Ye  kapsulasini qo‘shish ortiqchalik qilmaydi. Mahsulot muzlatgichda saqlanishi kerak.        

     Tirnoq bo‘yog‘i          

   Malika hamisha tirnoqlarni qizil va jigarrangga bo‘yab yurgan. Albatta xina yordamida.    

Shampun

         Qadim zamonlarda hech qanday shampun yo‘q edi, shuning uchun Kleopatra sochlari jilolanishi va mustahkam bo‘lishi uchun tuxum sarig‘ini ishlatgan. Bodom yog‘i va asal qo‘shib, soch ildizlariga surtib, keyin yuvilgan. Malika singan sochlarni tiklash uchun 3 osh qoshiq asal va 1 osh qoshiq kunjut yog‘i aralashmasidan unumli foydalangan.

            Detoks           

  Kleopatra hatto tanani detoksifikatsiya qilishning foydalari haqida ham bilardi. Toksinlarni tozalash uchun har ikki haftada 100 ml  limon sharbati va zaytun moyi aralashmasini ichdi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bunday kokteyldan so‘ng Kleopatra maxsus qorin massajini olgan. 

Qo‘l kremi

Yana o‘qing:  Qovoqli salat

Kleopatra qo‘llarining go‘zaligi hech kimni befarq qoldirmagan. Buning uchun maxsus niqobga tovuq yog‘i, asal va kunjut yog‘i qo‘shilgan.

                                                                                                   JABBORLI

 

 

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: