Qorin churrasi qanday dard?

Ba’zi bemorlar qorin churrasi tashxisi qo‘yilganidan jiddiy xavotirga tushishadi. “bu churraning kelib chiqishiga nima sabab bo‘lishi mumkin? endi uni davolasa bo‘ladimi? keyinchalik bu dard yana qaytalanmaydimi?” degan savollar bilan bizga murojaat qilishadi.

Qorin churrasi bu – qorin bo‘shlig‘idagi biror bir a’zoning qorin pardasi bilan birgalikda tabiiy yoki sun’iy teshiklar orqali tashqariga, ya’ni teri osti yog‘ qavatiga chiqib qolishidir. Qorindagi tabiiy teshiklardan chiquvchi churralar ko‘pincha kindik, chov va son halqalaridan yoki qorin oq chizig‘idan chiqib qoladi. Sun’iy teshiklardan esa biror bir jarohat tufayli qorin devorining zararlanishi oqibatida noodatiy joydan churra chiqadi. Boshlang‘ich davrda churralar jismoniy harakat, zo‘riqish va tik turgan holatda qorin yuzasida bo‘rtib turadi va yotgan holatda yoki bo‘shashganda ichkariga kirib ketadi. Ular asoratlanganda esa churra umuman ichkariga kirmay qoladi. Qorin churralarida ochiq usulda jarrohlik amaliyotlari bajarilsa, ularning qaytalanish ehtimoli 10 foizni tashkil etadi. Churrani kesishda implantant (setka) qo‘yish amaliyotida uning qaytalanish ehtimoli 4-5 foizga kamayadi.

Yana o‘qing:  Bo‘yin og‘risa, hushyor bo‘ling

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: