Jamg‘arma faoliyatidan (2013-42)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan To‘rtko‘l tumani tomonidan Ya.Ilamanov ovul fuqarolar yig‘inida «Ona va bola skriningi davlat das­turi» va «Qarindoshga quda bo‘l­mang» mavzularida jami 120 nafar o‘smir qiz o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.

Navoiy viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Nurota tumani «Jarma» qishloq vrachlik punktida jami 97 nafar fuqaro o‘rtasida «Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari» mavzusida ma’ruza o‘qil­di. Shuningdek, o‘smirlar o‘rtasida qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularni erta turmushga berishning oldini olish bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Zarbdor tumani «Sharq yulduzi» fermer ho‘jaligida tuman xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda «Oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish» mavzucida paxta-yig‘im terim mavsumida qatnashayotgan 78 nafar ayol uchun davra suhbati uyushtirildi.

Sirdaryo viloyati jam­g‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Boyovut tumani Agrosanoat kasb-hunar kollejida «OITS va OIV to‘g‘risida bilasizmi?» mavzucida o‘smirlar o‘rtasida davra suhbati tashkil etdi.

Abbosjon ERGASHEV,

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Qit’amiz yoshlari musobaqasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: