Inson va tabiat: mustahkam rishta uzilmoqda

Hisob-kitoblarga qaraganda bugungi kunga kelib 20 mingga yaqin tabiat namunasi izsiz yo‘qolib ketgan. Eng dahshatlisi, odatiy turmushimizda shunday buyumlar ishlatamizki, ular bir qarashda ko‘zga tashlanmaydi, ammo aynan ana o‘shalar tabiatni vayron etuvchi omillar sifatida qayd etiladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Onkologik kasalliklarni o‘rganish Xalqaro agentligi (IARC) e’lon qilgan hisobotda havoning ifloslanishi saraton kasalligining asosiy sababchisi ekani aytiladi. Uning ifloslanishi oqibatida yuz beradigan o‘limlarning 50 foiziga aynan ko‘mir sabab bo‘layotgani aniqlandi. Shu sababli ko‘plab mutaxassislar ko‘mirdan ko‘ra tabiiy gazdan foydalanishga o‘tish vaqti allaqachon kelganini aytishadi.

Ma’lumki, havoning ifloslanishining asosiy manbalari sifatida elektrostansiyalar, zavodlar, avtomobillardan chiqayotgan gazlar ko‘riladi. Ko‘mir va o‘tinlardan chiqqan tutunlar ham uzoq muddat atmosferada ushlanib qoladi. Bu ham inson salomatligi uchun katta xavf sifatida ko‘riladi.

AQSHning Boston shahridagi “Health Effects Institutes” kompaniyasi mutaxassislari xulosalariga ko‘ra shaharlarda avtomobillar sonining ko‘p­ligi va zavodlardan zaharli tutunlarning chiqishi ushbu muammoga asosiy sabab ekan. So‘nggi 50 yil mobaynida havoning ifloslanishini oldini olish borasida Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya­da bir qator yutuqlar qo‘lga kiritildi. Buning uchun mazkur mintaqalarda havoni ifloslantirmaydigan yoqilg‘i va dvigatellardan keng foydalanish yo‘lga qo‘yildi.

Bosh Qomusimizning bir nechta moddasida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarimizdan oqilona foydalanish bilan bog‘liq ekologik-huquqiy normalar mustahkamlangan. Jumladan, 50-moddada fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majbur ekani qayd etilgani yurtdoshlarimizning ekologik majburiyatlari Konstitutsiya darajasida mustahkamlanganini anglatadi. 54-moddada esa mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilish, undan foydalanishi va tasarruf etishi ta’kidlangan. Shu bilan birga mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxs­lar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shartligi belgilab qo‘yilgan. Yer, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ushbu tabiiy manbalar davlat muhofazasida ekani belgilangan 55-modda esa davlat ekologik siyosatining asosiy tamoyillarini qamrab olgan.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra dunyo bo‘ylab 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning qariyb 93 foizi ifloslangan havodan nafas olmoqda. Bu o‘z nav­batida, bolalarning sog‘lig‘i va rivojlanishiga jiddiy xavf solib, iflos havodan kasallanish holatining 10 foizi o‘lim bilan yakun topmoqda.

Yana o‘qing:  TADBIRKORLIK KASB TANLAMAYDI

Bu ifloslangan havo sabab birgina bolalar salomatligiga yetayotgan zarar, xolos. Uning sayyoramiz va insoniyatga yetkazayotgan talofatini o‘lchash yoki qiyoslash g‘oyat mushkul. Shu bois, bugungi kunda butun dunyoda ekologik muhitni muhofaza qilish, tabiat va inson o‘rtasida muvozanatni saqlash bilan bog‘liq vazifalar dolzarb mavzuga aylandi.

Ma’lumot o‘rnida: Atrof-muhitning ifloslanishi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar tufayli har yili sayyoramizda kamida 5,5 million nafar kishi vafot etadi.

Humoyun QUVONDIQOV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: