Sun’iy go‘sht

Isroil texnologiyalar instituti olimlari o‘zlarining 3D printeri yordamida sun’iy go‘sht tayyorlash g‘oya-rejasini ommaga e’lon qildilar.

Ular 2020 yilda sun’iy (steyk) go‘shtlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi ekanini aytdi. Hozircha bu loyiha “Jet Eat” deb nomlandi. Printerda chiqariladigan go‘sht tabiiy go‘shtdan ta’m borasida farq qilmaydi, ammo unda birorta ham jonli to‘qima mavjud emas.

Ushbu izlanishlar hozircha faqat laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazildi. Bu loyiha ustida 5 nafar tadqiqotchi ish olib bormoqda. Mahsulotni bozorga chiqarishdan manfaatdor bo‘lgan Los-anjeleslik sarmoyadorlarning mablag‘lari hisobiga korxonaning shtat birligi kengaymoqda. Shuningdek “Jet Eat” Yevropa innovatsiya va texnologiyalar instituti shafe’ligida o‘tkaziladigan oziq-ovqat mahsulotlari tanlovining yetakchisi ham hisoblanadi.

Dilfuza Azimova

Yana o‘qing:  Saratonning oldini olishda 12 ta tavsiya

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: