Asabiylashish ovoz bo‘g‘ilishiga sabab bo‘ladimi?
Muntazam ravishda, ayniqsa, stresli vaziyatlarda ovozning bo‘g‘ilishi qalqonsimon bez ishida muammolar borligidan darak beradi.
Bundan tashqari ovoz bo‘g‘ilishiga, yutinishning qiyinlashishi kabi holatlar ham qo‘shilsa, qalqonsimon bezning kattalashganini taxmin qilish mumkin. O‘zgarishlar kuchli stress, immunitetning zaiflashishi, o‘smirlik, homiladorlik va klimaks davridagi gormonal buzilishlar, surunkali yod yetishmasligi va nurlanish tufayli kelib chiqishi aytiladi. Asabiylashganingizda tovush bo‘g‘ilishi o‘zingizga ham sezilayotgan bo‘lsa endokrinolog tekshiruvidan o‘ting. Shifokor zarur tibbiy tahlillarni o‘tkazib, qalqonsimon bez holatiga baho beradi. So‘ng u shunga ko‘ra davo choralarini tayinlaydi.
Nodira HAMROYEVA,
Terapevt