Tovusdek xirom aylab…

Bola qalbi buloq suviday beg'ubor, hayratli nigohlarida bir dunyo ma'no mujassam, nurli chehrasida olam shodligi jilvalanadi. U ulg'aya boshlagan sari qobiliyati, iste'dodi bo'y ko'rsatarkan, bundan ota-onasi, yon-atrofidagilar quvonadi.

Poytaxtimizdagi «G'uncha» nomli 364-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi Mumtoza Murod­jonova ham ana shunday iqtidor­li bolalardan. Qizaloq sportning badiiy gimnastika turiga qiziqadi. U mashg'ulotlarda xuddi mohir raqqosalar kabi jozibali harakatlanadi. Qomatini tik tutib, jajjigina qo'llarini yoyganicha oqqush misol chaqqon va yengillik bilan mashqlarni maromida bajarishga intiladi.

Mumtoza tarbiyachi opasi Svetlana Stepanovnaning eng yaqin yordamchisi. U o'ziga berilgan topshiriqlarni bekamu ko'st uddalaydi. Mumtoza mohir badiiy gimnastikachi bo'lishni orzu qiladi. Qizaloqning xorijiy tillarni o'rganishga bo`lgan ishtiyoqi ham baland. U ingliz va rus tillarida she'rlar aytib, jozibali raqslar ijro etadi. Shu bois ham maktabgacha ta'lim muassasidagi barcha bayramlar uning ishtirokisiz o'tmaydi.

Buvijonisining aytib bergan ertaklaridagi zukko, dono malikalar kabi bo'lishga intilayotgan qizaloq uy yumushlarida ham oyijonisiga yaqin ko'makdosh. Uyga kelishi bilan kiyimlarini o'z javoniga tartib bilan taxlab qo'yadi. O'yinchoqlari sochilib yotganini aslo ko'rmaysiz.

Mumtoza xona gullarini parvarish qilishga ham qiziqadi. Bu borada oyijonisi unga ustoz. Gultuvaklardagi gullarga suv qo'yib turgani bois ular chamandek yashnab turibdi. Hoynahoy opamiz bu qizaloqni buncha maqtab yuboribdi dersiz, aslo unday emas. Mumtoza Murodjonova bu yutuqlarga o'z qiziqishi va intiluvchanligi bilan erishmoqda.

Jamila HAYDAROVA

Яна ўқинг:  O'zbekistonim

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: