Minnatdorlik maktubi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ayniqsa, bu borada chekka xududlardagi ijobiy o‘zgarishlar yurtdoshlarimizni xushnud etmoqda. Odamlar sog‘lig‘idan xabar olish, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish yanada yaxshilanmoqda.

Ayni paytda farzandlari rohatini ko‘rib, nevaralari qurshovida qarilik gashtini surayotgan men kabi ulug‘ keksalarning bu boradagi ezgu ishlardan qalbi bir olam quvonchga to‘ladi. Xususan, Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 2-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlarining malakali xizmatidan hududda yashovchi aholi behad minnatdor.

Men Do‘rmon qishlog‘idagi “Qahramon” mahallasida istiqomat qilaman. Ko‘zim ojiz va qandli diabet xastaligi bilan anchadan beri davolanaman. Hududimizdagi qishloq oilaviy poliklinikasining jonkuyar bosh shifokori Dilafro‘z Istamova, qo‘li yengil hamshiralardan Gulbahor Imomova, Gulshan Haqberdiyeva, Ma’mura Ahmedova, Rahbar Ramozonovalar xonadonimga kelib, tez-tez sog‘ligimdan xabar olib turishlari meni juda ruhlantiradi. Ularga mahalla ahli salomatligi yo‘lida beminnat xizmat qilayotganliklari uchun o‘z minnatdorligimni bildiraman. Ahvoli og‘ir bemorlar uchun poliklinikaning tibbiyot xodimlari barcha davolash muolajalarini uyga kelib bajarishlari bizlarni yana ham quvontiradi.

Fursatdan foydalanib, tibbiyot xodimlari kuni bilan oilaviy poliklinikamizning jonkuyar xodimlari, jumladan, yuqorida tilga olingan shifokor va hamshiralari hamda yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha tibbiyot xodimlarini chin dildan samimiy muborakbod etaman.

Orif IMOMOV, I guruh nogironi

Navoiy viloyati, Karmana tumani

Yana o‘qing:  Zamonaviy diagnostika markazi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: