Atom energetikasi afzalliklari haqida ma’lumot berildi
Kuni kecha Toshkent “Wyndham” mehmonxonasida O‘zbekiston jurnalistlari va blogerlari o‘rtasida “Atom energiyasining afzalliklari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar O‘zbekiston atom energetikasini rivojlantirish agentligi “O‘zatom” va Rossiyaning atom energiyasi bo‘yicha davlat “Rosatom” korporatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidenti Behzod Yo‘ldoshev, “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ruslan Muborakshin, “Rusatom – Xalqaro tarmoq” aloqa departamenti direktori Ayrat Shavaliyev, “Ilm quvvati” atom energiyasi axborot markazi tarmog‘i ma’rifat bo‘yicha loyiha mutaxassisi, “Rossiya atom jamiyati” maslahatchisi Andrey Akatov, “Strana Rosatom” gazetasi bosh muharriri Yuliyeya Gilevalar ishtirok etib, ma’ruza qildilar.
Seminar doirasida o‘tgan bu tadbirda jurnalist va blogerlar Rossiya atom sanoati tajribasi va zamonaviy yadro texnologiyalari, atom energiyasining yurtimiz uchun afzal tomonlari, O‘rta Osiyoda miqyosida yagona hamda O‘zbekistonning Navoiy viloyatida qurilayotgan atom elektr stansiyasi, aholi xavfsizligini ta’minlanishi ta’minlanishi va hokazolar haqida ma’lumotlar va tushuntirish berildi.
Seminarning ikkinchi qismida “Murakkab mavzularni oddiy va tushunarli tilda yozish” mavzusida mahorat darsini o‘tkazildi. Unda jurnalistlar va blogerlar atom energetikasi bo‘yicha maqolalarni sifatli tayorlash ko‘nikmalarini egalladilar.
Tadbir yakunida ma’ruzachilar bilan jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida qizg‘in savol-javoblar sessiyasi davom etib, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Savol-javoblardan faol ishtirok etgananglarga ma’ruzachilar tomonidan sovg‘alar tarqatildi.
Maryam AHMEDOVA