Kichkintoyingiz o‘jarmi: bu uning his-tuyg‘ularga boy ekanligidan darak

Ba’zi ota-onalar haddan ortiq xarxasha qiladigan bolalaridan noliydilar. Biroq, kichkintoyning injiq bo‘lishi, uning his-tuyg‘uga boyligidan darak berishini hamma ham bilavermaydi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘zbilarmon, o‘jar bolakaylarda tug‘ma ijodiy salohiyat mavjud bo‘ladi. Agar ular oilada to‘g‘ri tarbiyalansa, kelajakda mustaqil fikrli, keng dunyoqarashli inson bo‘lib kamolga yetadi.

Hissiyotga beriluvchan bolalar hamma narsaga qiziquvchi, xayolparast, rang-barang va chiroyli narsalardan hayratlanadigan yoxud sal narsadan ta’sirlanib, yig‘laydigan bolalardir. Bunda ota-onalar farzandida olamni anglashga kuchli intilish va imkoniyat borligini unutmasliklari lozim.

Aksariyat shunday bolalar uning xohishiga qarshi borganingizdagina xarxasha qiladi. Ya’ni, u atrofidagi voqea-hodisalar tasavvurida ko‘rgandek bo‘lishini istaydi. O‘ta sezgir, qobiliyatli va mehribon bu bolalar osmondagi bulutlarga termulib, “oyi, bu bulut otga, mana bunisi ayiqqa o‘xsharkan” yoki barglari to‘kilgan daraxtlarga qarab: “bu sochlari to‘kilgan keksa daraxt” deb gapirishi, yulduzlarga boqib, tinmay savol berishi mumkin. Ular tevarakdagi jonli va jonsiz narsalarni o‘z tasavvurlaricha idrok qilib, har bir narsani obrazli ifodalaydilar.

Psixologlarning fikricha, bolalarda hissiy qobiliyatni tarbiyalashda tabiiy usullardan foydalangan ma’qulroq. Ya’ni, rasmlar, zamonaviy texnik vositalardagi rangli-ovozli ilovalardan ko‘ra tabiat hodisalari, yerdagi tabiiy jismlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan bog‘liq ma’lumotlar farzandlarimizning yanada boy tasavvurga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.

Shu bois, ertamizning umidi bo‘lmish dilbandimizning har bir harakati, savolida dunyoni anglash, olam va odamlar haqida o‘z tasavvuri borligini unutmasligimiz, ularning to‘polonlariga, injiqliklariga sabr va aql bilan yondashish lozim.

 

Sofiya PARPIYEVA,

psixolog

Yana o‘qing:  Tvarogli shirinlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: