Tamaki chekishga qarshi vaksina

Skripps ilmiy tadqiqotlar instituti (TSRI, Kaliforniya shtati AQSH) mutaxassislari tamaki chekishga qarshi vaksina yaratdilar.

Preparat ayrim oqsillar sintezini nazorat qilib, insonni nikotinga bo‘lgan qaramlikdan xalos etishi mumkin.

Institutning mikrobiologlari va kimyogarlari tamaki chekishga barham beradigan emlovchi moddani sintez qilishga erishdilar. U NicA2 fermenti bo‘lib, sichqonlarda o‘tkazilgan tajribada sinab ko‘rildi. Natija shuni ko‘rsatdiki, preparat organizmda mavjud nikotinni chiqarib tashlash kuchiga ega. Shu bilan birga fermentning zararli oqibatlari yo‘q.

NicA2 fermentining ishlash mexanizmi shundan iboratki, u organizmda abstinent sindromi (chekishni xumor qilish) boshlangunga qadar butun tana bo‘ylab tarqalib, nikotinni chiqarib yuboradi.

Ushbu preparat tamaki chekish illatidan butunlay forig‘ bo‘lishda o‘z samarasini ko‘rsatgani qayd etilmoqda.

Yana o‘qing:  “O‘zfarmsanoat”dan 31 ta yangi dori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: