Qovoqlaringiz uchayaptimi?

Yoxud asab tiklarining oldini olish xususida

(davomi. Boshi bu yerda)

 

Asab tiklarining turlari

Ko‘pchilik asab tiki deganda ko‘z qovoqlarining titrashi, deb tushunishadi. Lekin bu fikr har doim ham to‘g‘ri, deb hisoblanmaydi. Asab tiklarining namoyon bo‘lishining turli xillari mavjud. Ular mimik, hissiy, ovozli va motorik (harakat)li bo‘ladi.

Tikning mimik turi eng ko‘p uchraydi. Bu faqat yuz sohasida namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha ular lab yoki yuz mushaklarining beixtiyor qisqarishi, qovoqning asab tiklari hisoblanadi. Yana ko‘p hollarda yuzning mimik turi motorli varianti bilan birga kechadi. Chunki bu ikki xil tur juda o‘xshash. Tiklarning motor variantiga qo‘l-oyoq mushaklarining beixtiyor qisqarishi kiradi. Mushaklarning tortilishi oyoqlarda qo‘llardagiga qaraganda kamroq uchraydi. Bu variant beixtiyor harakatlarni, masalan, barmoqlarni chertishni ham o‘z ichiga oladi. Ovoz tikini odatda Turett xastaligi bilan og‘rigan bemorda kuzatiladigan kamsitadigan so‘zlar yoki iboralar qo‘llaniladigan qichqiriqni nazorat qila olmaydigan dard bilan adashtirishadi.

Tikning ovozli variantida bemor alohida so‘zlarni aytadi yoki beixtiyor gapiradi. Bundan tashqari xasta odamda o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan tovushlar, “xur-xur” qilish va shunga o‘xshash odam boshqara olmaydigan tovush shakllari kabi salbiy holatlar ham kuzatiladi. Tikning hissiy varianti dardmand kishida sovuqlik, issiqlikni yoki boshqa shu kabi sezgining yuzaga keltiradi. Bu unga tanasining ushbu sohasini uqalash istagini paydo qiladi. Bu hissiyot tashqi sharoitlarga bog‘liq emas.

Ko‘pincha kasallik turlarining aralashmasi mavjud. Masalan, ovozli tik motor yoki mimik tur bilan birgalikda kechadi. Yana beixtiyor tortilishlar tarqalgan (mushak guruhlarini qamrab olgan) va mahalliy (tananing ma’lum bir segmentida rivojlangan) bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari ta’riflangan buzilishning oddiy va murakkab ko‘rinishlari tasniflangan. Birinchi variantga ko‘ra tik oddiy reja bo‘yicha bo‘lib o‘tadi va faqat bitta mushak yoki ko‘pincha ikkita mushakda kuzatiladi. Ikkinchisi – o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan mushaklarning titrashi ma’lum ketma-ketlikda sodir bo‘ladi. Kelib chiqishiga ko‘ra tik irsiy, birlamchi va ikkilamchi deb tasniflanadi. Shuningdek, ko‘pincha o‘z-o‘zidan o‘tib ketadigan tranzitor, ya’ni, vaqtinchalik tik buzilishlari qayd etilgan. Nazoratsiz mushaklarning tortilishi qisqa vaqtda kuzatiladi. Bundan tashqari ular bir oy yoki undan ko‘p vaqt davomida har kuni uchrashi mumkin. Ammo ushbu dardning jami davomiyligi bir yildan ortiq bo‘lmaydi.

Yana o‘qing:  Olimlar fikri: insonning xarakteri uning qaysi oyda tug‘ilganiga bog‘liq

Tranzitor tiklardan ko‘ra kamroq, ammo Turett sindromiga qaraganda tez-tez uchraydigan surunkali motor tiklar ham mavjud. Ushbu turdagi tortishishlarni aniqlash uchun spazm(tortishish)lar ikki yil davomida kuzatilishi va har bir epizod 90 kundan ortiq davom etishi kerak.

 

Asab tiklarining belgilari

Bu kasallik asosan o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan mushaklarning qisqarishi bilan namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari odam qancha matonat bilan beixtiyor tananing ayrim a’zolarining qisqarishiga xalaqit bermoqchi bo‘lsa yanada shuncha kuchli mushak to‘qimalari qisqaradi. Asab tizimini ongli ravishda boshqarish imkoniyati bo‘lmasa-da, ba’zi shaxslar o‘z irodalarining kuchi bilan mushaklar qisqarishining amplitudasini zaiflashtirishga qodir bo‘lishadi. Giperkineziya (mushaklar harakatining kuchayishi) gipertenziya (qon bosimining oshishi) ortishi bilan kuchayadi. Mushaklarning titrashi hatto, boshqalarga seziladi. Tik buzilishining klinik belgilari shikastlanishga olib keladigan sohadan kelib chiqadi. Tik buzilishining klinik belgilari tortilish rivojlangan sohadan kelib chiqadi.

 

Ovoz paylarining zararlanishi quyidagi belgilarni keltirib chiqaradi:

Asab tiklarining paydo bo‘lishi tananing nafasni rostlashga muhtoj ekanligi haqida ma’lumot beradigan muhim belgidir. Shuning uchun bemorda nazoratsiz tortilish sodir bo‘lganda birinchi navbatda kunduzgi kun tartibini qayta ko‘rib chiqish zarur. Ba’zi xona ichidagi dim havoli joylarda yoki yopiq joylardagi faoliyat turlarini inson imkon qadar ochiq havoga ko‘chirishi hamda dam olish uchun qo‘shimcha vaqt ajratishi lozim. Shuningdek, bemor mehnat muhofazasi tartib-qoidalariga qat’iy amal qilishi, muntazam jismoniy mashqlarni bajarishi, tungi ishlardan va ortiqcha ishlardan dardmand odam o‘zini ehtiyot qilishi shart. Kompyuterda o‘tirish hamda bemorga televizorni tomosha qilishni chegaralash kerak.

Bir necha kun davomida uyqusizlik tananing ruhiy zo‘riqishga ta’sirchanligini oshiradi. Bemor asab tizimining moslashuvini pasaytiradi. Natijada unda tajovuzkorlik va bezovtalik sabab paydo bo‘ladi. Uzoq davom yetgan uyqusizlik asab tizimiga katta zarar yetkazadi. U o‘z navbatida ko‘pincha asab tikining oshishi bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu og‘riqli bezovtalikdan bemorning xalos bo‘lishining eng yaxshi usuli – dengiz tuzidan vanna qabul qilishdir. Bundan tashqari iforlar bilan davolash hamda ochiq havoda sayr qilish ajoyib samara beradi.

Ta’kidlash joizki, asab tikidan azob chekayotgan shaxslar uchun oila a’zolarining qo‘llab-quvvatlashi juda muhimdir. Ko‘p hollarda atrofdagilarning qo‘llab-quvvatlashi, ularning g‘amxo‘rligi va tushunishi nazorat qilinmaydigan mushaklarning titrashidan xasta odamning tezroq xalos bo‘lishiga yordam beradi.

Yana o‘qing:  BOLALARNING NAFAS OLISH XUSUSIYATLARI

 

Yoqutxon MAJIDOVA,

Tosh PTI Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi, tibbiy genetika kafedrasi mudiri,

tibbiyot fanlari doktori,

 

Sevara JABBOROVA,

Madina ALIMOVA,

kichik ilmiy xodimlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: