GAZDAN TO‘G‘RI FOYDALANING

Mana o‘lkamizga kuz fasli ham kirib keldi. Hademay qish ham yaqinlashib kunlar sovib ketishi natijasida xalqimizning gazga bo‘lgan ehtiyoji yanada ortib boradi. Davlatimiz taraqqiyoti rivojlana borishi bilan barcha fan yutuqlari, tabiat qo‘ynidan topilayotgan qazilma boyliklar insonlar turmush tarzini yaxshilash, yuksaltirish yo‘lida ishlatilmoqda. Insonning hayotida eng qadimgi va birinchi topilgan kashfiyotlardan biri olovdir. Yildan-yilga va asrlar davomida odamning olovga ehtiyoji ortib bormoqda.

Respublikamizning eng chekka qishloq va ovullariga ham tabiiy gaz quvurlar orqali yetkazilmoqda. Tabiiy gaz ko‘p taraflama foydali bo‘lgani bilan, insonlarning ozgina e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yishi bois ularga katta tashvishlar keltirishi mumkin. Bularning oldini olish maqsadida yong‘in xavfsizligi xizmati doimo kurashib kelmoqda. Soha xodimlari fuqarolar o‘rtasida muntazam targ‘ibot ishlarini o‘tkazishadi. Ammo, hamma joyda ham gazdan oqilona foydalanilyapti deb aytib bo‘lmaydi. Eng achinarlisi shuki, barcha tushuntirish ishlariga qaramay, tabiiy gazdan foydalanishda olovni nazoratsiz qoldirish, uni rezina shlang orqali ulab noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz voqealar sodir bo‘lyapti.

Bunday salbiy oqibatlarning oldini olish uchun gazdan to‘g‘ri va oqilona foydalaning.

Husniddin YULDASHEV,

Shayxontohur tumani IIB YOXB inspektori, serjant

Yana o‘qing:  Tez tayyorlanadigan qon yaratiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: