Tilga e’tibor – elga e’tibor
Har yili 21 oktyabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Joriy yilda ham turli jamoat muassasalarida, ta’lim maskanlarida bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ana shunday kechalardan biri poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 39-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. “Ona tilim – millatim boyligi” shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbirida maktab o‘quvchilari o‘zlari tayyorlagan she’r, qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari bilan ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini namoyon etishdi.
Tadbirda qatnashgan mehmonlar, yozuvchi va shoirlar o‘zlarining mazmundor she’rlari va o‘zbek tilining tarixi, bugungi kunda yosh avlodning ona tilimizga bo‘lgan munosabati haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbir so‘ngida mehmonlar o‘quvchilarga kitoblar taqdim etishdi.