Xalqaro innovatsiyalar ko‘rgazmasi ochildi

23 oktyabr kuni soat 10: 00 da “O‘zekspomarkaz”da O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish Vazirligi tashabbusi bilan Xalqaro innovatsiyalar ko‘rgazmasi tantanali ochildi.

“O‘zekspomarkaz”da chet el ilmiy-innovatsion markazlari, investitsion fondlari, texnologik agentliklari, texnoparklari va biznes inkubatorlarining faol ishtirokida “INNOWEEK” innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z ishini boshladi.

Tadbir Xalqaro innovatsiyalar ko‘rgazmasining ochilishi bilan boshlandi. Ko‘rgazmani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi A. Abduvohidov, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I. Abdurahmonovlar tantanali ravishda ochib berishdi.

“INNOWEEK” – mavjud innovatsion texnologiyalar bilan tanishish, yangi biznes munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, yangi sarmoyadorlarni jalb etish va ishonchli hamkorlar topish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Xalqaro innovatsiyalar ko‘rgazmasida mahalliy va xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsiya jamg‘armalari, texnologiya agentliklari, texnoparklar va biznes inkubatorlari faol ishtirok etmoqda, yarmarkada ijtimoiy, moliya, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyotning real sektori, davlat boshqaruvidagi innovatsiyalar yo‘nalishida mahalliy va xorijiy ishtirokchilar qatnashmoqda

Yana o‘qing:  POLVONLARIMIZ OLTIN MEDAL SOHIBI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: