Javohir – jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteri

Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan “First Saturday GM” xalqaro turnirida iqtidorli shaxmatchimiz Javohir Sindarov muvaffaqiyatli ishtirok etib, uchinchi grossmeysterlik talabini bajardi. U 12 yoshida jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteriga aylandi.

Bundan bir yil oldin Javohir xalqaro shaxmat ustasi unvoniga sazovor bo‘lib, Prezidentimizning qimmatli sovg‘alarini qo‘lga kiritgan edi. O‘tgan bir yil ichida u o‘z ustida tinimsiz ishlab, joriy yilning iyun oyida “Voronej open-2018” xalqaro musobaqasida birinchi, sentyabr oyida Turkiyada o‘tkazilgan 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi grossmeysterlik talabini bajargandi. Shunisi quvonarliki, Javohir 12 yosh 10 oy 8 kunda grossmeysterlik unvonini qo‘lga kiritib, jahon shaxmat tarixida S. Koryakindan (12 yoshu 7 oy) keyin ikkinchi, Osiyoda esa birinchi – eng yosh shaxmatchi sifatida o‘z nomini tarix yilnomalariga muhrladi.

Dunyoning eng yosh shaxmatchilari ro‘yxatining eng yuqori pog‘onasida yurtimizning ikki vunderkindi – Javohir va Nodirbeklarning turganligi qalbimizga g‘urur bag‘ishlashi bilan birga yaqin yillarda jahon shaxmat tojining yana yurtimizga qaytishiga umid uyg‘otadi.

 

T. ORTIQOVA

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: