Qovoqlaringiz uchayaptimi?

Yoxud asab tiklarining oldini olish xususida

Har qanday insonning umrida bir marta bo‘lsa ham ko‘z qovoqlari uchgan bo‘lsa kerak. Ba’zilarda bu holat tinimsiz bir necha kun takrorlanishi mumkin. Asab tiki – yuz mushaklari, ba’zan bo‘yinning beixtiyor qisqarishidir.

Bu holat asosan tanada kuzatiladigan kichik tortilishlar bilan ifodalanadi. Nazoratsiz mushaklar qisqarishi kamdan-kam uchraydigan holat emas. Ma’lumki, ko‘zning asab tiki va yuz mushaklarining qisqarishi ko‘proq uchraydi. Bolalik davrida (o‘n yoshgacha bo‘lgan muddatda) nevrologik sabablar tufayli eng ko‘p uchraydigan muammo tiklar bo‘ladi. Ayrim holatlarda tikning yengil va vaqtinchalik turida kasallikni dori-darmon bilan davolashga ehtiyoj sezilmaydi. Vaqtinchalik tiklar doimiyga aylanganidagina ularni davolash kerak.

Tikning paydo bo‘lishiga yordam beruvchi asosiy omil asab tizimining disfunksiyasi (nuqsoni) hisoblanadi. Inson miyasi mushaklarga “noto‘g‘ri” asab impulslarini yuboradi. Ushbu hodisa beixtiyor sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham shaxsning o‘zi tikni to‘xtata olmaydi. Ularning 3 xil varianti mavjud:

Ushbu dardning tasnifi asab tizimining muvozanatining buzilishiga olib kelgan sabab bilan bog‘liq. Birlamchi (psixogen, idiopatik), ikkilamchi (klinik belgili) va irsiy (asab tizimining hujayra tuzilmalariga ziyon yetkazadigan irsiy kasalliklarning oqibatida kelib chiqadigan) va hakozo.

Odam organizmida birlamchi tortilishlarning bolalik davrida paydo bo‘lishiga psixoemotsional shikastlar, giperfaollik va diqqat yetishmovchiligi sindromi, fobiya (turli ko‘rinishdagi qo‘rquv), besabab xavotirning kuchayishi hamda nevrozlar (asabiylik yoki tajanglik) kabi sabablardan yuzaga keladi.

Beixtiyor yoki to‘satdan titrashni yuzaga keltirgan psixoemotsional shikastlar o‘tkir, masalan, kutilmagan qo‘rquvning yoki kuchli og‘riqning birgina ko‘rinishi surunkali xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Ayrim odamlarning asab tizimi yetarlicha to‘liq shakllanmagan. Shuning uchun ularning o‘z harakatlarini tartibga solish mexanizmlari mukammal emas. Natijada bunday bemorning salbiy holatlarga tezkorlik bilan javob berishlari ko‘pincha asab tikining to‘satdan boshlanishiga olib keladi. Ba’zida katta kishilarda ham asab tiki kuzatiladi.

Ularda birlamchi tiklar tez-tez yuzaga keladigan ruhiy zo‘riqishlar asab tizimining zaifligi va surunkali charchoq tufayli yuzaga keladi. Bunday titrashlarning kechishi zararsiz. Ular odatda dori-darmonlar bilan davolanmasa ham mustaqil ravishda o‘tib ketadi.

Ikkilamchi asab tiklariga miyaning yuqumli kasalliklari, bemorning uglerod oksidi bilan zaharlanishi, bemorning bir qancha dori vositalarini qabul qilishi, masalan, psixotrop preparatlar yoki antikonvulsantlar, miyadagi mayda qiltomirlar, ya’ni kapillyarlarining zararlanishi (ateroskleroz, insult) kabi xastaliklar, buyraklar va jigarning disfunksiyasi, ruhiy kasalliklar, masalan, shizofreniya, autizm, miyada rivojlanayotgan o‘sma jarayonlari, uch shoxli asab tolasi nevralgiyasi, tug‘ruq shikastlari, a’zolar faoliyatini tartibga soladigan asab tizimining ayrim qismlarining tartibsiz ishlashi bilan tavsiflangan vegetativ-qon tomir distoniyasi kabi sabablardan yuzaga keladi.

Yana o‘qing:  YOZ VA MIJOZ

Bundan tashqari tez-tez ayrim odamlarning bajarishga majbur bo‘lgan harakatlari, keyinchalik tortilish shaklida qolib ketishi mumkin. Masalan, bodomcha bezlarining yallig‘lanishi bilan kasallangan bola og‘riqni oldini olish uchun doimo bo‘yin va tomoq mushaklarini tarang qilib, tupugini yutib yuborishga majbur bo‘ladi. Keyinchalik bu yutish harakati unda asab tiklariga aylanishi mumkin.

(Davomi bu yerda)

 

Yoqutxon MAJIDOVA,

tibbiyot fanlari doktori,

Sevara JABBOROVA,

Madina ALIMOVA,

kichik ilmiy xodimlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: