O‘zbek sportida tarixiy voqea bo‘ldi

Rio-de-Janeyroda o‘tgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining taassurotlari hali-hamon ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Yaqinda Indoneziyaning Jakarta shahrida tashkil etilgan III yozgi Paraosiyo o‘yinlari ham o‘zbek sporti tarixiga zarhal harflar bilan yoziladigan bo‘ldi. Mazkur nufuzli musobaqada sportchilarimiz 35 oltin, 24 kumush va 18 bronza medalini qo‘lga kiritib, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytib keldi.

Agar bundan 6 yil oldin jamoamizning Londondagi Paralimpiya o‘yinlarida faqat bitta medalga sazovor bo‘lganini eslasak, bu galgi yutuq qanchalar olamshumul ekani o‘z-o‘zidan oydinlashadi. O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari III yozgi Paraosiyo o‘yinlarining suzish bahslarida 2 marta jahon rekordi, 12 marta qit’a va 13 marta Paraosiyo o‘yinlari rekordlarini yangiladi. Shuningdek, o‘zbekistonlik yengil atletikachilar tomonidan 1 marta jahon, 2 marta Osiyo, 9 marta Paraosiyo o‘yinlari rekordlari o‘rnatildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimizni vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ota-onalar va muxlislar katta xursandchilik bilan kutib oldi.

III yozgi Paraosiyo o‘yinlarida qit’amizning 43 mamlakatidan 3 mingga yaqin paralimpiyachi 18 sport turi bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashdi. O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk marotaba 54 nafar sportchi bilan pauerlifting, dzyudo, o‘q otish, suzish va yengil atletika bo‘yicha bahslarda ishtirok etdi.

 

Roza QO‘ZIYEVA,

Paraosiyo o‘yinlari chempioni:

– Ushbu nufuzli musobaqaga jiddiy hozirlik ko‘rgan edik. Raqiblarim kuchli bo‘lishiga qaramasdan ularni yengib, oltin medalga sazovor bo‘lganimdan xursandman. Xalqaro maydonlarda erishayotgan yutuqlarimizda Prezidentimiz rahbarligida sportni rivojlantirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning iqtidorini namoyon etishiga qaratilayotgan ulkan e’tibor muhim omil bo‘lmoqda. Orzum 2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tadigan XVI Paralimpiya o‘yinlarida ham yuqori natijalarga erishishdir.

 

Ta’kidlash joizki, yurtimiz paralimpiyachilarining mazkur nufuzli musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rishida davlatimiz rahbarining 2017 yil 9 martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘ldi. Ushbu qarorga ko‘ra sportchilarimizning zamonaviy me’yorlar asosida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishi, tajriba va mahoratini oshirishi, Paraosiyo o‘yinlariga yo‘llanma beradigan nufuzli musobaqalarga tayyorlanishi va ularda munosib qatnashishi uchun barcha shart-sharoit yaratildi.

Yana o‘qing:  “Inson o‘z ONA tilini yaxshi bilmay turib, boshqa tilni mukammal o‘rgana olmas ekan...”

 

Eldor USMONOV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: