Internet festivali g‘oliblari taqdirlandi

Internet festival «O‘zbekis­ton madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi, «Kelajak ovozi» yoshlar tashabbuslari markazi, «UZINFOCOM» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiya­lari davlat qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi.

Mamlakatimizda 2001 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan internet festival 2007 yildan boshlab internet tarmog‘ining O‘zbekistonga tegishli segmenti resurs­larini rivojlantirish maqsadida UZ milliy domeni internet festivali o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 13 avgustidan 23 sentyabrigacha davom etgan festivalning asosiy vazifalari aholining keng qatlamlari orasida internet tarmo­­g‘ini ommalashtirish, milliy kon­tingent­ni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda o‘zbek tilining butunjahon axborot tarmog‘ida qo‘llanish ko‘lamini kengaytirishdan iborat.

Festival tanlov dasturi o‘nta mavzu va ikkita maxsus nominatsiyani o‘z ichiga oladi. Tanlov das­turiga mavzular bo‘yicha ishtirokchilar uchun WWW.UZ milliy izlash tizimining maxsus mukofoti kiritilgan. Ma’lum vaqt ichida o‘z nominatsiyasida eng ko‘p ball to‘plagan o‘nta sayt g‘olib deb topildi. 2013 yilgi festival tanlov dasturining avvalgisidan farqi shundaki, bu safar «Tarmoq servislari sohasidagi eng yaxshi sayt» toifasiga «Elektron tijorat» maxsus nominatsiyasi kiritildi.

Joriy yilda tanlovga 900 dan ortiq ariza kelib tushdi, tanlov dasturida 452 sayt ishtirok etdi. «Festival kashfiyoti» maxsus nominatsiyasida 150 dan ortiq sayt qatnashdi. Ovoz berishning birinchi turi yakunlariga ko‘ra, hay’at tomonidan finalda ishtirok etadigan 92 sayt tanlab olindi hamda ularga «Festival sov­rindori» diplomi topshirildi. Festivalning mavzuli va maxsus nominatsiyalarida g‘olib bo‘lgan saytlarning 65 foizga yaqini o‘zbek tilidagi shakliga ega.

«Eng yaxshi OAV sayti» nominatsiyasida birinchi o‘rinni «Mezon.uz» axborot-tahlil yangiliklar sayti (www.mezon.uz), ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA sayti (www.uza.uz) va uchinchi o‘rinni Kun.uz yangiliklar sayti (www.kun.uz) egalladi.

Shuningdek, «Fan va ta’lim sohasidagi eng yaxshi sayt», «Davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organining eng yaxshi sayti», «Mavzuga oid eng yaxshi sayt», «Madaniyat sohasidagi eng yaxshi sayt», «Tarmoq servislari sohasidagi eng yaxshi sayt», «Elektron tijorat», «Eng yaxshi korporativ sayt», «Sport sohasidagi eng yaxshi sayt» nominatsiyalari g‘oliblari aniqlandi.

Internet festival g‘oliblariga mukofot va diplomlar topshirildi.

Yana o‘qing:  Sut va shirinlikni qachon iste’mol qilgan ma’qul?

Tuhfaniso ORTIQOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: