Til ham og‘riydimi?
Ba’zi kishilar uyqudan uyg‘onganidan so‘ng tilining pastki qismida og‘riq va gapirayotganida bezovtalik paydo bo‘lishining sababini so‘rashadi. Tildagi noxush o‘zgarishlar yoxud og‘riq, bezovtaliklar boisi arterial qon bosimining ortishi, qonning me’yoridan ortiq quyuqlashishi hamda asabiylik holatlarida kuzatiladi. Agar tildagi karaxtlik yoki og‘riq muntazam qaytalanaversa shifokor ko‘rigiga shoshiling.
Nodira HAMROYEVA,
terapevt