Xotira pand bermasin…

Ba’zi odamlar tez-tez depressiya (ruhiy tushkunlik)ga chalinib turishadi, xotiralari susayib, o‘zlarini holsiz sezadilar. Ana shunday paytda tabiiy ne’matlar yordam berishi mumkin.

Bilasizmi, yog‘li baliq omega-3 kislotasiga boy bo‘lib, bu asab tizimining me’yordagidek ishlashi uchun kerak. Bundan tash­q­ari, baliqda yod mavjudki, u tiniq fikrlashga yordam beradi.

Jigar tarkibidagi V guruh vitaminlari tanaga quvvat bag‘ishlaydi, xotirani yaxshilaydi va asabiylikka barham beradi.

Ismaloqda miya hujayralarini zararli ta’sirlardan himoya qiluvchi antioksidantlar mavjud.

Miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi, shuningdek, xotirani yaxshilashga javob beruvchi dopamin gormonini uzum sharbatidan topasiz. Ertalab bir stakan ana shunday sharbat ichib, kechqurun bir shingil uzum yesangiz, tez orada natijasini sezasiz.

Qora qorag‘at (smorodina) vitamin S ning koni hisoblanadi. U ham xotirani yaxshilaydi.

Yarim stakan oshqovoq urug‘ida miya faoliyatini tezlashtirishga yetarli miqdorda rux moddasi bor.

Yana o‘qing:  Muqaddas qo‘rg‘on

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: