Vodorodda yuruvchi poyezd

Dunyoda birinchi bo‘lib Germaniyaning Quyi Saksoniya yerlarida vodorod yoqilg‘isi bilan harakatlanuvchi yo‘lovchi tashish poyezdi 100 kilometrli uchastkada qatnovni amalga oshirishni boshladi.

“Coradia iLint” deb nomlanuvchi ikki lokomotiv va vagondan iborat ushbu poyezdni “Alstom” kompaniyasining Zalsgitterdagi fabrikasi ishlab chiqarmoqda. Poyezdni ishlab chiqarish ishlari 81 million yevroga teng shartnoma doirasida amalga oshirilib, 2021 yilgacha 16 ta shu kabi vodorodda yuruvchi poyezd yetkazilib berilishi lozim.

Poyezd 300 nafar yo‘lovchi tashish sig‘imiga ega. Uning maksimal tezligi 140 km/s teng. Hozirgi kunda “Coradia iLint” Germaniyaning LNVG mintaqaviy transport kompaniyasi boshqaruvi ostida Cuxhaven, Bremerhaven, Bremervorde va Buxtehude stansiyalari oralig‘ida qatnamoqda.

 

D.AZIMOVA

Yana o‘qing:  Yurtimizda Hindistondagi xususiy klinikalarning filiallari ochiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: