O‘smirlarimiz Olimpiya o‘yinlariga kuzatildi

6-18 oktyabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekis­ton delegatsiyasi tarkibida 37 nafar yoshlarimiz sportning 16 turi bo‘yicha bahslarda ishtirok etadi.

Kuni kecha Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimizni rasmiy kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar barcha atletlarga bellashuvlarda omad va zafarlar tiladi. Shuningdek, III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida delegatsiyamiz bayroqdori vazifasini bajaradigan erkin kurashchimiz Muhammadrasul Rahimovga davlatimiz bayrog‘i topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi Olimpiya o‘yinlarida o‘smirlarimiz 10 ta medalni qo‘lga kiritishgan edi.

Yana o‘qing:  Ajrim sabablari bo‘yicha tahlil natijalari Sirdaryo viloyati miqyosida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: