Toshkentda yong‘inlarni monitoring qilish uchun kuzatuv kameralari o‘rnatildi
Poytaxtimizning 12 ta ko‘p qavatli binolarida sodir bo‘lgan yong‘inlarni tezlikda va telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘lishidan avval aniqlash maqsadida 14 ta yuqori sezgirlikdagi kameralar o‘rnatildi. Ushbu kameralar real vaqtda sodir bo‘lgan yong‘inlarni aniqlash va kuzatish imkonini beradi.
Aytish kerakki, qisqa vaqt ichida ular olovning dastlabki bosqichida 20dan ortiq yong‘inni “101” raqamiga qo‘ng‘iroqlardan oldin aniqlashga yordam berganini ta’kidlash joiz. Ayni vaqtda ushbu dasturni Samarqand, Namangan va Toshkent viloyatlari IIBlari Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markazlariga tatbiq qilish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.