“Ozod yurt bolalari” tanlovi yakunlandi

O'tgan yili O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi O'zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi tanlovi asosida «Sog'lom avlod» gazetasi tahririyati ham davlat grant-mablag'ini qo'lga kiritdi. Gazetamizda loyiha asosida «Ozod yurt bolalari» rukni bilan sahifa tashkil etilib, o'tgan davr mobaynida turkum maqolalar berib borildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda bolalarning, yoshlarning iqtidorini tarbiyalashga, ularning istiqbollini ta'minlash maqsadida ulug'vor ishlar amalga oshirilayapti. Yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda oila, mahalla va ta'lim muassasalari qatori ommaviy axborot vositalarining ham alohida o'rni bor. «Ozod yurt bolalari» rukni orqali «Mustahkam oila yili» Davlat dasturining 58-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga munosib hissa qo`shish pirovardida yoshlar va bolalar orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirishga, iste'dodini yo'nal­tirishga, ma'naviyatini yuksaltirishga, jumladan, el-yurtga, oilaga muhabbat ruhida tarbiyalashga ko'maklashish maqsadi ko'zlangan.

Shu bilan birga yoshlar va kichkintoy ijodkorlarning faoliyati, asarlarini yoritish uchun uchta tanlov ham e'lon qilindi.

«Mening oilam» tanlovida bolalar chizgan rasmlar va ular olgan foto­su­rat­lar, ularning amaliy san'at namuna­laridan berib borildi. «Oilam mening – qutlug' bog'im» ruknida yoshlarning she'rlari, ona Vatan haqidagi publitsistik ruhdagi maqolalar chop etildi.

«Umidli sportchilar» rukni bilan esa sog'lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan maqsad e`tiborga olindi. Yosh sportchilar haqida turkum maqolalar berib borildi. Bu yo'nalishlar uyg'un­la­­shib, bola­lar­ning­ is'tedodini tar­biya­lashga, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etishga ko'maklashiladi, degan umiddamiz.

O'tgan bir yil ichida sahifamizda 194 nafar yosh ijodkorlarning 205ta ijodiy ishlari e'lon qilindi. Jumladan, «Mening oilam» ruknida 40 nafar yosh mo'yqalam sohiblari qatnashdi. Ular chizgan 46 ta surat e'lon qilindi.

«Oilam mening qutlug' bog'im» tanlovida esa 140 nafar yosh muallif she'r, maqola, lavha va hikoyalari bilan ishtirok etdi.

«Umidli sportchilar» rukni bilan 14 nafar muallifning 22ta maqolasi chop qilindi.

Biz mana shu uchta yo'nalishda ijodiy izlanishlar olib borayotgan yoshlarning, yosh iste'dod sohiblarining ijodidan namunalar berib bordik. Shuningdek, viloyatda izlanayotgan yosh ijodkorlarga ham alohida e'tibor qaratdik.

Masalan, surxondaryolik polvonlar haqida (22-son, 2013), sportning erkin kurash turi bilan shug'ullanuvchi Zokirjon Mansurov haqida, (8-son, 2013), taekvondo bo'yicha chempion Zuhriddin Nurmatov haqida (13-son, 2013), kikboksing chempioni Husinbek Sayfullayev haqida (28-son 2013) kabi maqolalar berildi.

Яна ўқинг:  OVOZIMDA, SOZIMDA VATAN!

«Oilam mening qutlug' bog'im» ruknida – farg'onalik Surmaxon Elmirzayeva (22-son 2013), Qash­qadaryolik Kamola Abdullayeva, Kibriyo Xolmatova (26-son 2013), Termiz shahridagi 1-akademik litseyi o'quvchisi Hulkaroy O'rolova (49-son, 2012), Samarqand viloyati Narpay tumanidan Odina Mahmudova(46-47son, 2012), Urganch shahridan Xurshida Xo'ja­murodova (37-son, 2012), Andijon viloyati Baliqchi tumanidan 29- maktab o'quvchisi Mahzuna Qo'ldosheva (29-son 2013) kabi yosh mualliflar o'z ijodlari bilan ishtirok etishdi.

«Mening oilam» rukni bilan e'lon qilingan bolalar chizgan rasmlar va fotosuratlar tanlovida Navoiy viloyati Uchquduq tumani 20-maktab o'quvchisi Zulfizar Muzaffarovaning «Do'stlik» rang- tasvir surati (42-son 2012), Toshkent viloyati Qibray tumanidan Sabina Jo'raqulovaning «Chegarachi akam» rang-tasvir surati (34-son 2012), Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi 18-maktab o'quvchisi Gulruh Qo'ziboevaning «Salom maktab» va «Tengdoshlarim» (38-son, 2012) rang-tasvir suratlari e'lon qilindi.

Gazetamizda ushbu mavzuni yoritishda faol qatnashgan mualliflarga, yosh ijodkorlarga o'z minnatdorligimizni bildiramiz.

Ra'no ZARIPOVA,

O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: