Ibratli umr yo‘li

Keyingi yillarda tibbiyot sohasidagi tub islohotlar sabab yurtimizning yetakchi klinikalarida amalga oshirilayotgan noyob va murakkab operatsiya jarayonlari, shuningdek, so‘nggi rusumdagi zamonaviy tibbiy uskunalardan samarali foydalanayotgan malakali mutaxassislarimiz mehnatini ko‘rib, tahsin aytasan, kishi.

Qolaversa, yetuk mutaxassislarni tayyorlashdek ezgu ishga o‘z bilim va mahorati bilan katta hissa qo‘shayotgan professor, o‘qituvchi-pedagoglar xizmati ham e’tirofga munosib.

O‘zining ko‘p yillik samarali mehnati bilan hamkasblari va el nazariga tushgan, shu bilan birga 55 yillik pedagogik tajribaga ega bo‘lgan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining “Patalogik fiziologiya, odam anatomiyasi va gistologiya, sitologiya, embriologiya” kafedrasi professori Erkin Tursunov ana shunday fidoyi ustozlardan biridir.

Samimiy inson o‘zining xushmuomalaligi, boy tajribasi hamda kasbiga bo‘lgan sadoqati bilan O‘zbekiston tibbiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Tajribali ustoz izlanishlari davomida 5 ta mualliflik guvohnomasi, 400 dan ortiq ilmiy ishlar, 18 ta o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 7 ta monografiya muallifi, 5 ta monografiyaga muallifdosh, 10 ta she’riy va badiiy kitoblar chop etishga muyassar bo‘ldi. U o‘zining “Tibbiyotimizning barhayot siymolari” nomli kitobida 70 dan ortiq tibbiyot jonkuyarlarining umr va faoliyat yo‘llariga chizgilar bergan.

– Ustoz yoshlarga xos shijoati, ilmga bo‘lgan tashnaligi, tashabbuskorligi va mehribonligi kabi fazilatlari bilan ajralib turadi, – deydi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ilmiy bo‘lim mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Shahnoza Afzalova. – Faoliyatim davomida doimo ularga o‘xshashga, kasbimga sidqidildan yondashishga harakat qilaman.

Ayni paytda Erkin Tursunov institutning “Patologik, fiziologiya, odam anatomiyasi va gistologiya, sitologiya, embriologiya” kafedrasi professori hamda Vasiylik va kuzatuv kengashi raisi vazifalarida ishlab, talabalarga gistologiya fanidan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda. Ustoz faoliyati davomida bir qancha xorijiy davlatlardagi nufuzli anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.

Ularning har bir kuni yangilik va izlanishlarga boy. Ustoz bir zum ham tinim bilmaydi. Ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida o‘zini fido qilishga tayyor bu insondan vatanparvarlik, kasbga sadoqat va yurtga muhabbat fazilatlarini o‘rgansak arziydi. Tibbiyotning har bir soniyasida, hech shubhasiz u kishining mehr to‘la nafaslari sezilib turadi.

 

Ibodat SOATOVA

Yana o‘qing:  Orzu-havas qurboniga aylanmang

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: