Dopingga qarshi kurash yanada kuchaytiriladi
Poytaxtimizda Milliy antidoping agentligi tomonidan sportda dopingga qarshi kurashni yanada kuchaytirish, murabbiylar va sportchilarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan bugungi kunda Milliy antidoping agentligi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, sport mutaxassislari bilan kelgusida sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar kelishib olindi.
Seminarda tashkilotchilar tomonidan antidoping dasturlari bilan ishlash, bu masalaga har bir sport federatsiyalaridan mas’ul xodimlarni jalb qilish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.