“Sog‘lom ayol oyligi”ga 110 ming nafardan ziyod tibbiyot xodimlari jalb etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda 20 sentyabrdan 20 oktyabrgacha “Sog‘lom ayol oyligi” o‘tkazilmoqda.

Ushbu aksiyadan maqsad tibbiyotimizning muhim yutuqlaridan har bir insonlarni bahramand etish, o‘smir qizlar va fertil yoshidagi ayollarning salomatligini mustahkamlash, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirishdir.

Qishloq vrachlik punktlari, qishloq oilaviy poliklinikalari va shahar oilaviy poliklinikalari, tuman va shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy ko‘rikda zarur bo‘ladigan barcha asbob-anjomlar tayyorlab qo‘yildi. Oylikni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida tuman va shahar tibbiyot birlashmalari, viloyat shifoxonalari, respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridan 110 ming nafardan ziyod olimlar, malakali shifokorlar hamda patronaj hamshiralari jalb etiladi. Oylik doirasida 8 million nafar fertil yoshidagi ayollar va o‘smir qizlar qamrab olinishi rejalashtirilgan. Maktab, kollej va litseylarda ham tibbiy ko‘rik va sog‘lomlashtirish aksiyalari tashkil etiladi. Ayollar o‘rtasida reproduktiv salomatlikni asrash, istalmagan homiladorlikning oldini olish, bexatar onalik, o‘smir qizlar o‘rtasida uchraydigan tibbiy muammolarni bartaraf etish borasida muloqot va suhbatlar uyushtiriladi.

Elmira BASITXANOVA,

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari:

Ushbu oylikni samarali, aniq va tizimli o‘tkazish choralari ko‘rildi. Buning uchun har bir umumiy amaliyot shifokori va patronaj hamshirasiga o‘z hududidagi tug‘ruq yoshidagi ayollarni qayta xatlovdan o‘tkazish, ularni aniq reja asosida tibbiy ko‘rikka chaqirish tavsiya etildi. Vaqti belgilangan chaqiriq varaqalari patronaj hamshirasi va “Salomatlik maktabi” a’zosi tomonidan har bir ayolga shaxsan taqdim etiladi va ko‘rikdan bir kun oldin ayolga yana bir bor eslatiladi. Tibbiy ko‘rikka ayollar tartib va reja asosida “Salomatlik maktabi” faollari yordamida olib chiqiladi.

Tibbiy ko‘riklar jarayonida aniqlangan kasalliklar ambulator va statsionar sharoitda davolanadi. Ixtisoslashgan tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning viloyat filiallarida sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.

Yana o‘qing:  O‘quvchilar uchun munosib tuhfa

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: