Go‘daklar taglikdan xalos bo‘ldi, ammo…

Bugungi kunda bolalar do‘konlaridan kichkintoylar ehtiyoji uchun istalgan mahsulotni topish mumkin. Do‘konga kirishingiz bilan sotuvchi birgina chaqaloqlar tagliklarining turfa xilini sizga taklif etadi. Ammo, bir martalik tagliklardan doimiy foydalanish durust emas. Ya’ni, undan qancha uzoq foydalanilsa, onalar uchun kichkintoyni tuvakka o‘rgatish shuncha qiyin kechadi.

Aslida bolakaylar tuvakka o‘tirishni ko‘p ham xohlamaydi. Xo‘sh, bunday holatda nima qilish kerak? Eng avvalo, farzandingiz bilan ushbu kichik muammo ustida o‘zingiz shug‘ullanganingiz ma’qul.

Agar go‘dagingizni tagliklardan xalos qilmoqchi bo‘lsangiz, bolada tuvakka o‘tirishga ko‘nikma hosil qildirib borish lozim.

Tabiatan chaqaloqlar peshob chiqarishni istaganda ularning yuzida qizarish yoki seskanishga o‘xshash belgilar kuzatiladi. Shunda bolani darhol tuvakka o‘tqazish kerak bo‘ladi. Ya’ni, ota-onalar kichkintoyi bilan og‘zaki muloqotni rivojlantirishi kerak. Ular bilan ko‘proq suhbatlashishi go‘dakda moslashuvchanlikni keltirib chiqaradi. Masalan, bola peshob chiqarganda onasi “tiss” deb ovoz chiqarishi, uning uchun shartli refleks sifatida yodida qoladi. Kichkintoyga ushbu so‘z aytilganda hojatga chiqish zarurligini tushunadi. Bunda siz turli so‘z va ovozdan foydalanishingiz mumkin. Eng muhimi farzandingizni tushinishingiz.

Qolaversa yangi tug‘ilgan chaqaloqni yel chiqarishi, uning ichi kelishini bildiradi. Shunda unga ich kelishini anglatadigan so‘z ayting. Tez orada mittivoy so‘zlaringizga qarab nima qilmoqchiligini tushunadi. Tuvakka o‘tirgisi kelganida go‘dak shu ishoralarni takrorlashga harakat qiladi. Ayrim hollarda bolani tuvakka o‘rgatish natija bermasligi mumkin. Bunday hollarda ko‘nikma hosil bo‘lguniga qadar farzandingizga ushbu so‘zlarni zarurat payti takrorlash zarur. Chunki bolaning hojatga chiqishi vaqt bilan bog‘liq. Ya’ni, uning qancha vaqtda zahartang peshob chiqarishiga ehtiyoji paydo bo‘lganligiga qarab to‘sishga harakat qiling. Chaqaloqlar qorni to‘ygani yoki uyqudan uyg‘onganida albatta tuvakka o‘tqizish kerak bo‘ladi.

Tayyor tagliklardan har doim foydalanish salbiy holatlarga olib kelishi mumkin. To‘g‘ri ba’zida uzoq yo‘lga chiqqanda tagliklar olish juda muhim sanaladi. Ammo, bu odatiy tus olmasligi kerak. Bolaning tuvakka o‘tirishi ona uchun ham, bola uchun ham qulaylik yaratadi. Ba’zida dilbandingiz kiyimingizni ho‘llab qo‘yganini ko‘rib, jahlingiz chiqadi. Ammo, yosh bolalar uchun bu odatiy holat sanaladi. Aslida buni oldini olish o‘zimizning qo‘limizda.

Yana o‘qing:  Bolangiz tirnog‘ini ko‘p tishlaydimi?

Shunday ekan bo‘sh vaqtingizda kichkintoyingiz bilan muloqot qilishga harakat qiling. Ularning ishoralarini tushunishni o‘rganing. Ana shunda yuqoridagi kichik muammoga to‘g‘ri yechim topasiz.

 

Dilfuza AZIMOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: