Gormonlar o‘zgarishining xavfi

Tarnvistit xastaligi xususida

Avvallari uchinchi jins vakillari (tarnsvistit) haqidagi gap-so‘zlarni eshitsak, beixtiyor yoqa ushlardik. Ammo keyingi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlari orqali ular haqida tarqalayotgan turli “mish-mish”lar tez-tez quloqqa chalinmoqda.

Bugun zamonaviy tibbiyot taraqqiy etgani bois, bunday insonlarning ba’zilari o‘z jinsini o‘zgartirish maqsadida shifokorlarga ham murojaat qilmoqda. Hatto, Olmoniya, Avstriya, Nepal va Pokistonda rasmiy hujjatlarda allaqachon bu kabi shaxslarni “uchinchi jins” sifatida qayd etishga qonunan ruxsat berilgan.

Ushbu maqolamiz orqali mazkur xastalikning kelib chiqish sabablariga mutaxassislar yordamida e’tibor qaratamiz.

Tibbiyot yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni mutlaqo yoqlamaydi, – deydi oliy toifali endokrinolog Shahnoza Olimjonova. – Buning salbiy oqibatlari haqida keng tushuntirish ishlari olib borilayotganiga qaramay, odamlarimiz bu masalaga beparvo munosabatda bo‘lmoqda. Afsuski, yaqin qarindoshlar orasidagi nikoh ko‘plab nosog‘lom bolalarning dunyoga kelishiga, turli xastaliklarning rivojlanishiga sabab bo‘layotir. Ana shunday kasalliklardan biri tarnsvistit hisoblanadi.

Ona homilasining yettinchi haftasida embrionning jinsiy a’zolari shakllanishni boshlaydi. Bu jarayonda o‘g‘il bolada testosteron foizi yaxshi rivojlanmasligi ayollik gormonlarining ortishiga sabab bo‘ladi.

Bilamizki, inson tanasida ham erkaklik, ham ayollik gormonlari mavjud. Homila shakllanayotgan jarayonda gripp va O‘RVI bilan og‘rish, stress kabi holatlar ona qornidagi go‘dakning jinsiy rivojlanishiga ta’sir o‘tkazadi. Shu sabab ham homiladorlik nozik davr, deya ta’riflanadi.

Faoliyatim davomida bir chaqaloqda bachadon va prostata bezlari borligining guvohi bo‘lganman. Bilsak, go‘dakning ota-onasi yaqin qarindosh ekan. Huddi shu kabi gormonal almashinuvga duch kelgan bolalarda yillar o‘tib, kasallik yuzaga chiqadi.

Endi masalaning ikkinchi jihati, ya’ni xastalikning tashqi omillariga ham e’tibor qaratsak.

Internetdagi “Youtube” tarmog‘ida Rossiya fuqarosi hisoblangan bir transvistit guruh tashkil qiladi. Guruhda u shaxs joylashtirayotgan videolar ishtirokchilarning psixologiyasiga salbiy ta’sir o‘tkazayotganini yozib qoldirilgan izohlardan bilish mumkin. Avvaliga haqoratlar yog‘dirayotgan ishtirokchilar endi masalaga kulgi bilan munosabat bildirmoqda.

Tadqiqotlardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, uchinchi jins vakillarining ayrimlari mavzuga doir videolarni ko‘p ko‘rganligi oqibatida miya bunday noto‘g‘ri xabardan ozuqa olib, organizmga yuborgan signal natijasida tanada gormonlar o‘zgarishi harakatga kelgani aniqlangan, – deydi psixolog Dilnavoz Irgashova. – Aytmoqchimizki, chet davlatlarda uchinchi jins vakillarining ko‘payishiga aynan taqlid sabab bo‘lmoqda. Biz o‘z farzandlarimizni bunday salbiy holatlardan asrashimiz uchun ularning xatti-harakatlaridan ogoh bo‘lishimiz lozim. Zero, tashqi omillar bola psixologiyasiga tez ta’sir etadi.

Darhaqiqat, bolada atrofdagilarga nisbatan taqlid anchayin kuchli bo‘ladi. Shunday ekan oila qurish ostonasida turgan yoshlar, farzand o‘stirayotgan ota-onalar ana shu jihatlarga e’tibor qaratsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Sil bedavo dard emas

 

Dildora FAYZIYEVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: