Chilim – koni zarar
Ko‘pchilik chilimni tamakidan ko‘ra xavfsizroq deb o‘ylaydi. Aslida unday emasligi haqida Kaliforniya universiteti xodimlari ogohlantirdilar. O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, chilim yurak qon-tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi.
Olimlar 48 nafar yoshlarda chilim chekkunicha va undan keyin 30 daqiqa o‘tganidan so‘ng yurak urishi, qon bosimi va tomirlarning qattiqlik darajasini, qon tarkibidagi nikotin miqdorini va chiqarayotgan nafasidagi karbonat angidrid konsentratsiyasini o‘lchab ko‘rdilar. Yarim soat ichida ko‘ngillilarda qon bosimi oshgan, yurak urishi 16 zarbaga tezlashgan va tomirlarning mustahkamligi oddiy chekuvchilarnikiga qaraganda ancha pasaygan.
Buning barchasi, yurak xuruji va insult xastaliklari xavfini kuchayishidan darak beradi.