Yangi tipdagi velosiped shinalari

Norvegiyalik mutaxassislar velosipedlar uchun yangi tipdagi shinalarni o‘ylab topdilar. Endi ikki g‘ildirakli yordamchining “oyoq kiyimi”ni almashtirish uchun besh daqiqa talab etiladi.

Tajribali veloortoped ustalar yaratgan “reTyre” rusumli kamerasiz shinalar mavjud shinalar ustiga kiydiraladi va g‘ildirakka chaqmoqsimon band bilan mahkamlanadi. Ularni rasmli protektorlari bo‘lib, mustahkam joylashadi va o‘rnidan siljimaydi.

Endi velosipedchilar har qanday ob-havo sharoiti uchun shinalar komplektini sotib olishi mumkin. Bu har bir mavsumga mo‘ljallangan shinalarni alohida sotib olgandan ko‘ra ancha arzon.

Uni o‘rnatish juda oddiy va tegishli uskunalar bo‘lganda besh daqiqa vaqt talab etadi. Buning uchun standart velosiped kaliti va nasos kerak bo‘ladi.

Ma’lumotlarga qaraganda “reTyre”ning narxi 36 AQSH dollaridan 70 dollargacha bo‘lishi mumkin.

 

D. AZIMOVA

Yana o‘qing:  ENDI GO‘ZALLIK QURBONLIK TALAB QILMAYDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: