Birovniki buyurmaydi
Azaldan qing‘ir yo‘l bilan topilgan mol hech qachon egasiga buyurmasligi va bu egrilik orqali faqat pok nomga qora dog‘ tushishi ma’lum. Oramizda shuni bila turib ham qing‘ir yo‘ldan qaytmaydigan insonlarning borligi achinarli hol, albatta.
Matqurbon Rajapov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) 2016 yil 1 mart kuni Xorazm viloyati, Pitnak shahri, “Yoshlik” mahallasi Otaniyozov ko‘chasi, 1/2 uy 11-xonadon yonida J. Rahimovaga tegishli “Kobalt” avtomashinasining har biri 740 ming so‘mlik 2 ta orqa g‘ildiraklarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, o‘z manfaati yo‘lida foydalanadi. Bu qilmishi bilan Rahimovaga 1 million 480 ming so‘m miqdorida moliyaviy zarar yetkazadi.
Ushbu jinoiy ish yuzasidan 2018 yil 8 iyun kuni Pitnak shahri “Sharlauq” MFY binosida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Hech bir jinoyatning jazosiz qolmasligini anglagan Matkarimov Rahimova bilan yarashishga harakat qilib, barcha zararni qoplab beradi. Dastlabki tergovda esa gumonlanuvchi Matkarimov va da’vogar Rahimovalar yarashganligi tufayli jinoyat ishini tugatishni so‘rab o‘zaro sudga murojaat qilishdi.
Hazorasp tuman IIB sayyor sud majlisi qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikası JKning 169-moddasi 1-qismi bilan yuritilgan jinoiy ish O‘zbekiston Respublikası JKning 66-moddasiga muvofiq yarashganlik munosabati bilan tugatildi.
Akbar AMINOV,
Hazorasp tuman sudi raisi