Antibiotiklarga chidamli infeksiyalar reytingi

Bir guruh shifokorlar antibiotiklarga chidamli infeksiyalarning ro‘yxatini tuzishdi.

O‘tgan asrning 50-70 yillarida ayrim infeksion kasalliklarning yer yuzida butunlay yo‘q bo‘lib ketganligi haqidagi qarashlar biroz barvaqt e’lon qilinganga o‘xshaydi.

Hozirda faqat chin chechak mana 20 yildan beri ona zaminda rasman qayd etilmaganligi quvonarli hol.

Keling, tibbiyot tarixida antibiotiklarning kashf etilishi qanday katta ahamiyatga ega bo‘lganligini bir eslab ko‘raylik.

O‘sha davrda kun kelib insoniyat barcha infeksiya ustidan g‘alaba qozonishga olimlar katta ishonch bildirishgan. Haqiqatdan ham bu ishonchga katta sabab bor edi. Chunki, penitsillin kashf etilgan dastlabki vaqtda ushbu antibiotik stafilokokk, pnevmokokk, streptokokk va boshqa shu kabi turli xavfli mikroblarga qarshi samarali ta’sir etar edi. Biroq, oradan bir necha o‘n yil o‘tgach ko‘pgina kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar penitsillinga nisbatan chidamli bo‘lib qoldi. Shifokor – olimlar esa antibiotiklarga chidamli mutant mikroblarga qarshi yanada samaraliroq dorivor vositalar yaratish ustida bosh qotirishmoqda. Misol tariqasida ana shunday samarali kashfiyotlardan biri «Levomekol» malhamidir. Bu maz yallig‘lanishga va mikroblarga qarshi faol ta’sir etadi hamda yaralarni tez bitiradi. Ushbu malham grammmusbat va garmmmanfiy mikroorgaizmlarga qarshi birday samarali ta’sir etadi. Ya’ni, ichak tayoqchasi, stafilakokk, ko‘k yiring tayoqchasi kabi mikroorganizmlarga qiron keltiradi.

Yaqinda ommaviy axborot vositalarida Amerika yuqumli kasalliklar jamiyati tomonidan eng xavfli infeksiyalar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu ro‘yxatda quyi­dagi infeksiyalar o‘rin olgan:

– Metitsillinga turg‘un tillarang stafilokokk (Staphylococcus aureus). Ekspert­larning fikricha yer yuzidagi har uchinchi kishi terisi yoki nafas yo‘llarida bu infeksiyani o‘zi bilan tashib yuradi.

– Yana bir bakteriya — bu Acinetobacter baumannii ham yaralarning bitishiga qarshilik qilib, bakterial meningitni keltirib chiqaradi.

Yana reytingni davom ettirsak. Unga vankomitsinga rezistent (turg‘un) enterokokk (Enterococcus faecium), ichak tayoqchasi (Escherichia coli), aspergill (Aspergillus), klebsiyella (Klebsiella), ko‘k yiring tayoqchasi (Pseudomonas aeruginosa) kiradi. Ma’lumki, ushbu infeksiyalarga qarshi kurashish juda qiyin. Sababi bu infeksiyalar antibiotiklarga chidamli bo‘lib qolmoqda. Ularga qarshi yanada samaraliroq dori vositalari ustida olimlar bosh qotirishiga umid qilamiz.

Gulshirin

Yana o‘qing:  Zamonaviy binolar ish boshladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: