Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Shayxontohur tuman hokimligi majlislar zalida tuman xotin-qizlar qo‘mitasi va mahallalar fuqarolar yig‘inlari hamkorligida “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda so‘z chiqqanlar farzand tarbiyasida oilaning javobgarligini oshirish, oilaviy qadriyatlarimizni yanada mustahkamlash, oila a’zolari huquqlariga rioya etish, reproduktiv salomatlik va demografik rivojlanish, oilaviy muammolarni hal etishda amaliy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish masallari borasida fikr yuritib, aholi bilan jonli muloqot olib borildi.