Nok – bu meva talaygina shifobaxsh xususiyatlarga ega

Nok — lazzatli mevalardan biri. Dunyoda nokning  5 mingdan ortiq navi bo‘lib, deyarli barcha mamlakatlarda o‘sadi. Ibn Sino nok mevasi bilan ko‘plab xastaliklarni davolagan. Quritilgan nokdan jarohatlarni tuzatishda, oshqozonni tozalashda foydalangan. Qoqisini ich ketarda yoki yo‘tal xurujini pasaytirish uchun qo‘llagan bo‘lsa, nok qaynatmasini peshob haydash, peshob yo‘lidagi toshlarni eritishda ishlatgan. Bunday damlama bakteriyalarga qarshi yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Eng yaxshi tinchlantiruvchi vosita hamdir. Qadimda sharobda tayyorlangan ekstraktidan xavfli o‘smalarni davolashda foydalanilgan.

Shifokorlar yangi uzib olingan, qaynatilgan va pishirilgan nok mevasini o‘pkaga oid bronxit, sil (tuberkulyoz), bo‘g‘ma va kuchli yo‘talda tavsiya etishadi.

Mazkur meva kayfiyatni ko‘taradi. Shuning uchun u asab kasalliklarida koni foyda. Xushbo‘y isli ayrim navlari taxikardiyadan aziyat chekayotgan bemorlarga buyuriladi. Yurak urishini me’yorlashtirish, yurak mushaklari to‘qimalarini mustahkamlashda nokka yetadigani yo‘q.

Nok qil tomirlar — kapillyarlarni mustahkamlaydi, tanani ortiqcha shlaklardan tozalaydi. Ammo uni iste’mol qilishda me’yorni unutmaslik kerak. Keragidan ortiq nok iste’moli ba’zan terida toshmalar paydo qilishi mumkin.

Yana o‘qing:  Safro dimlanishi badjahllikka sababmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: