Raxitning oldini olish choralari
– Go‘dakni to‘g‘ri ovqatlanish deganda emizish tushuniladi: 4-5 oylikdan avval qo‘shimcha ovqat bermaslik kerak. Bunda qo‘shimcha ozuqa uchun faqat soddalashtirilgan qorishmalar, tuxum sarig‘i, sariyog‘, jigar, go‘sht to‘g‘ri keladi. Shuningdek, buzilgan ichak mikroflorasini to‘g‘rilash juda muhim. Negaki, vitamin va mikroelementlarni ichaklardan so‘rib olish ko‘pincha ana shu mikroflooraga bog‘liq bo‘ladi.
– Raxitni davolash va oldini olishda dori vositalaridan vitamin D3 (xolekalsiferol) preparatani alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari, moy va suvli eritmalar ham mavjud.
– Raxit profilaktikasini 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkazish kerak. Ayniqsa, vaqtidan oldin tug‘ilgan, nozik, bir oylik chaqaloqlar, kuz-qish-bahorgi mavsumda tug‘ilgan bolalarga e’tibor berish zarur. Agar boshlanayotgan raxit alomatlari yuzaga chiqsa, albatta, shifokorga murojaat qilgan ma’qul.
– Yoz vaqtida tashqarida issiq va quyoshli bo‘lsa, vitamin D preparatlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida terida vitamin D ishlab chiqariladi. Bunda bolani oftobda qoldirish shart emas: shunchaki kiyimlari ochiqroq bo‘lsa, kifoya.
Manba: Tib.uz