Davlat xizmatlari agentligi: erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan yangi tuzilma – Davlat xizmatlari agentligi va uning respublikamiz bo‘ylab joylashgan 201 ta Davlat xizmatlari markazlari korrupsiyaning oldini olishga, xalqni davlat idoralaridan rozi bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga qay turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi?

Kundalik hayotda barcha insonlar ro‘baro‘ keladigan farzandlarning dunyoga kelishi, bolalarni MTMga joylashtirish, takroriy guvohnomalar berish, manzil-ma’lumot axborotlarni taqdim etish, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma olish, mehnat organlarida fuqarolarni ishsiz sifatida ro‘yxatga olish, turar joy va noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk ob’yektlari bo‘yicha kadastr xizmatini ko‘rsatish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini o‘rnatish, yechish, qiyoslashga ariza berish, pensiya va nafaqalar miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish kabi bir necha turdagi xizmatlar endilikda Davlat xizmatlari markazi tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa nafaqat sarf-xarajatlarni, balki inson uchun qimmatli bo‘lgan vaqtning tejalishiga imkon yaratadi.

Halilillo TO‘RAXO‘JAYEV,

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori:

O‘tgan 2017 yil davomida agentlikning hududlardagi markazlari orqali aholiga jami 120 ming xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2018 yilning aprel-iyun oylarini o‘zida 1 million 35 ming xizmat taqdim etildi. Yana bir jihat shuki, o‘tgan yilda markazlarimiz orqali 32 ta xizmat turlari tashkil etgan bo‘lsak, hozirda ular 100 taga yetkazildi. Ya’ni, ushbu xizmat turlari yana uch baravarga oshdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan respublikamizning har bir hududida joylashgan Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yuritayotgan 1 tadan jami 14 ta Davlat xizmatlari markazlarida eksprimental tarzda xalqimiz talabi yuqori bo‘lgan qo‘shimcha xizmatlar joriy etildi. Bu esa xalqning og‘irini yanada yengil qilish, sansolarlikka yo‘l qo‘ymaslik, mavjud muammoni bir necha idoraga bormasdan, bir joyning o‘zida hal etish imkonini bermoqda. Xalqimiz esa bundan mamnun. Eksprimental tarzda joriy etishdan asosiy maqsad – talab yuqori bo‘lgan xizmatlarni aniqlash, kerak bo‘lsa, ulardan foydalanish tartibini soddalashtirish, kelgusida bu xizmatlarni respublikamizning barcha tuman (shahar) markazlarida joriy etishdan iborat.

2019 yildan respublikamizdagi barcha OTMlarga Davlat xizmatlari markazlari orqali hujjatlar qabul qilinadi

Bu yil abituriyentlarning hujjatlarini Davlat xizmatlari markazida qabul qilish eksprimental tarzda Toshkent davlat yuridik universitetidan boshlandi. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra topshirilgan 7 mingdan ortiq abituriyentlarning hujjatlari bilan bog‘liq birorta ham muammo yuzaga kelmagan. Bu xizmatlardan foydalanish natijasida esa insonlarning mablag‘i, vaqti tejalishiga sabab bo‘ldi.

Nu’mon MUHAMMADIYEV,

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktor o‘rinbosari:

O‘tgan yilda agentlikning hududiy markazlariga 1 kunlik aholi oqimi o‘rtacha 20-40 nafar kishini tashkil etgan bo‘lsa, taqdim etilayotgan xizmat turlarining ortishi sababli joriy yilda bu ko‘rsatkich 350-600 nafarga yetdi. Davlat xizmatlari markazlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, chekka va tog‘li hududlardagi aholiga qulayliklar yaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi rahbariyati va viloyat hokimliklari tashabbusi bilan har bir tuman, shahar Davlat xizmatlari markazlariga bittadan – jami 190 dona “Damas” avtomobili ajratildi. Shu bilan birga, Turkiyaning “TIKA” tashkiloti bilan muzokaralar olib borilib, jami 20 maxsus jihozlangan “ISUZU” rusumli avtobuslar grant mablag‘lari asosida xarid qilindi. Ushbu transport vositalari yordamida olis hududlardagi aholi uchun “Mobil davlat xizmatlari”, ya’ni sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Lekin afsuski, yaratilayotgan qulayliklarni aholiga taqdim etilishiga to‘siq yaratayotgan idoralar ham yo‘q emas. Aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonini tahlil qilishda Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018 yilning 6 oyi davomida 9 mingdan ortiq qonun buzilishlari aniqlangan.

Yana o‘qing:  Besh mahal ovqatlanish besh mahal osh yeyish kerak degani emas

Qonun buzulishlarining 5 mingdan ortig‘i hokimlik organlariga, 776 tasi muhandislik kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, 538 tasi qurilish va 47 tasi kadastr idoralari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 4 mingga yaqin ta’sir choralari qo‘llanilib, 183 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, 30 nafari vazifasidan ozod etilgan bo‘lsa, 155 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

 

Xurshida TOLIPOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: