Ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 18 trillion 378,5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi

Ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 18 trillion 378,5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2018 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqdi. Unda deputatlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, mutaxassislar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda har chorakda mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjati ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish Qonunchilik palatasining ustuvor vazifalariga kirishi va bu doim deputatlar korpusining diqqat markazida bo‘lib kelgani ta’kidlandi.

Harakatlar strategiyasining tizimli amalga oshirilishi yurtimiz iqtisodiyotida tarkibiy va sifat o‘zgarishi yasamoqda. Iqtisodiyotning barqaror sur’atlarda o‘sishi va makroiqtisodiy muvozanatni, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlamoqda. Qishloq xo‘jaligining modernizatsiyalashuvi va intensiv rivojlanishiga imkon yaratmoqda.

Hisobot davrida xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilgani saqlab qolindi. Kengaytirilgan yig‘ilishda mamlakatda iqtisodiyotni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida 2018 yil birinchi yarmida ham daromadlarning bir maromda tushishini va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash orqali Davlat byudjeti 144,3 milliard so‘m miqdorida profitsit bilan ijro etilishi ta’minlangani qayd etildi.

Ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 18 trillion 378,5 milliard so‘m yoki umumiy xarajatlarning 55,7 foizi miqdorida mablag‘ ajratildi. Bu xarajatlar YAIMga nisbatan 12 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, yig‘ilish ishtirokchilari byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish, noqonuniy ishlatilishi bilan bog‘liq ayrim kamchiliklar ham mavjudligini aytib o‘tdi. Xususan, ayrim byudjet tashkilotlarida mablag‘larning ishlatilishi bilan bog‘liq moliyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilayotgani, ayrim tarmoqlarda to‘lov intizomiga rioya etilmayotgani oqibatida debitorlik va kreditorlik, ayniqsa, byudjet oldidagi boqimanda qarzdorliklarning yuzaga kelayotgani tanqid qilindi.

Majlisda deputatlar vazirliklar va idoralar bilan birgalikda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, mahalliy davlat organlari mansabdor shaxslarining ijro intizomini kuchaytirish, Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining kelgusi davr uchun o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlik qilish borasidagi vazifalarni belgilab oldi.

Majlisda Davlat soliq va Bojxona qo‘mitalari vakillarining Davlat byudjeti daromad qismining ijrosi to‘g‘risidagi va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi boshqa xo‘jalik birlashmalarining hisobotlari eshitildi.

Yig‘ilish yakunida bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida qo‘mitalarning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Yana o‘qing:  Chet tilini o‘rganishga bo‘lgan yuksak e’tibor

Davron Sunnatov,

 O‘zA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: