Qonunbuzilish holatlari asosan ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehnat, kommunal xizmatlari, yer ajratish, ma’muriy javobgarlikka tortish sohalarida yo‘l qo‘yilgan

Qonunbuzilish holatlari asosan ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehnat, kommunal xizmatlari, yer ajratish, ma’muriy javobgarlikka tortish sohalarida yo‘l qo‘yilgan

Adliya vazirligidan ma’lum qilishlaricha, o‘tgan uch oy davomida yurtimizda qariyb 650 tashkilotda 7 mingdan ko‘p qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Qonunbuzilishlar asosan ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehnat, kommunal xizmatlari, yer ajratish, ma’muriy javobgarlikka tortish va boshqa sohalarda yo‘l qo‘yilgan.

Qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga 290 ta taqdimnoma, aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan sudlarga 82 ta taklif kiritildi.

Bundan tashqari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga kelgusida sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilishlarni oldini olish maqsadida 2500 dan ortiq ogohnoma kiritildi.

Misol uchun, Adliya vazirligiga fuqaro U.D. Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2018 yil 22 mayda o‘tkazilgan malaka imtihoni natijalari bekor qilinganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan. Mazkur holat o‘rganilib, malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan 20 nafar fuqaroga, jumladan U.D.ga baholovchi malaka sertifikati berilishi ta’minlandi. Qo‘mitaning aybdor xodimiga nisbatan chora ko‘rildi.

Shuningdek, adliya organlari tomonidan tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari, tuman (shahar) yo‘l ekspluatatsiya korxonalari, avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari huzuridagi ekspluatatsiya liniya korxonalarining faoliyati hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 349-son qarorining bajarilishi o‘rganildi. O‘rganish davomida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Jumladan, 28 nafar fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilib, 67,4 million so‘m undirib berildi.

Bundan tashqari, xalq ta’limi tizimi rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan 11 ta yo‘nalishda 28 ga yaqin taklif ishlab chiqildi.

O‘zA

Yana o‘qing:  Pedagogika: ijodkorlik bilan uyg‘un

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: