“Batanparvar” tashkiloti: yurt himoyasiga zamin

Vatan taraqqiyoti, yurt istiqboli, eng avvalo, osmonimiz musaffoligi, hur zaminimizning tinchligu osoyishtaligiga bog‘liq. Ana shu tinchlik sabab tunlarimiz osuda, tonglarimiz munavvar. O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Toshkent shahar kengashi tasarrufida tumanlarda joylashgan 11 ta «Vatanparvar» tashkiloti nodavlat ta’lim muassasalari, Toshkent birlashgan texnika maktabi va «Milliy aviatsiya sport klubi» mavjud.

Mazkur tashkilot yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, respublika miqyosida sport tadbirlarini o‘tkazish va xalqaro musobaqalarda qatnashish, boshlang‘ich tashkilotlar va sport texnika klublarida yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash shakli bo‘lgan sportning texnik va amaliy turlarining ommaviyligini ta’minlash, harbiy amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ommaviy texnik kasb xodimlarini tayyorlash kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Bizni ochiq chehra bilan qarshilagan Mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Toshkent shahar kengashi raisining ma’naviyat tashkiliy-ommaviy ishlar va harbiy vatanparvarlik targ‘iboti bo‘yicha o‘rinbosari Saidakrom Ganiyev ayni vaqtda tashkilotda olib borilayotgan ishlar xususida quyidagilarni so‘zlab berdi:

– Yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol bo‘lib harbiy xizmatni boshlashi uchun tashkilotimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Toshkent birlashgan texnika maktabida, tuman mudofaa boshqarmasi bo‘limlarida test hamda jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar istagan kasblari bo‘yicha bepul o‘qish imkoniyatiga ega. Besh oylik muddat davomida yoshlar o‘zlari tanlagan kasb ko‘nikmalarini egallab, mutaxassisliklari bo‘yicha qurolli kuchlarimiz saflarida xizmat burchini o‘tash uchun yo‘l oladi. Zamonaviy avtomobillar hamda moddiy-texnik bazaga ega muassasa har yili xalq xo‘jaligi va harbiy xizmat uchun malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Tajribali o‘qituvchi va amaliy boshqaruv ustalari kunduzgi va kechki o‘qish jarayonini reja asosida olib boradi.

Toshkent birlashgan texnika maktabida trenajyor zali, kutubxona, internet tarmog‘iga ulangan mashg‘ulot xonalari mavjud. Bu yerda yoshlarni yurtimiz tarixi bilan yaqindan tanishtirish, ular qalbida ona Vatanga muhabbat, ulug‘ ajdodlarimizga sadoqat tuyg‘ularini ulug‘lash maqsadida tashkil etilgan “Shon-shuhrat” muzeyi faoliyat ko‘rsatmoqda. Zamonaviy ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan sinf xonalari, amaliy mashg‘ulot xonalari chaqiriluvchilar ixtiyorida. Shu bois ham o‘quv jarayoni mashg‘ulotlari bo‘lg‘usi harbiylar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilmoqda. Ta’lim dargohida haydovchilik bilan bir qatorda, boshlang‘ich harbiy ta’lim, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, ma’naviyat soatlari ham o‘tiladi.

Yana o‘qing:  Oilaviy ajrimlar: “raqam”larning izidan quvish emas, aniq ishlarni amalga oshirish lozim

Darhaqiqat, «Vatanparvar» tashkiloti Toshkent birlashgan texnika maktabidagi oylik kurslarda tahsil olgan ommaviy-texnik kasb xodimlari «V», «VS», «S» hamda «Ye» toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishadi. Umumiy maydoni 9 gektarni tashkil etadigan avtodrom avtomobillarni xavfsiz boshqarish asoslari fanining amaliy mashg‘ulotlari uchun xizmat qiladi.

Bu yerda avtoralli, avtokross, avtopoyga, karting, avtoko‘pkurash va motokross kabi sportning texnik turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirmoqda. Ushbu sport turlari bo‘yicha mamlakat miqyosida o‘tkazilayotgan musobaqalar yangi nomlarni kashf etmoqda.

Ta’lim muassasasi sportchilari karting va avtokross sport turlari bo‘yicha mamlakatimizda o‘tkaziladigan musobaqalarda yetakchi o‘rinni egallaydi. Jamol Mirqosimov karting, Ratislav Belyakov avtokross sport turi bo‘yicha respublika chempioni degan nomga sazovor bo‘lgan. Birgina bu emas, «Vatanparvar» tashkiloti Toshkent birlashgan texnika maktabi tomonidan tumandagi voyaga yetmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun dzyu-do sport turi bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlarda 30 dan ortiq maktab o‘quvchilari jismonan chiniqmoqda. Tashkilot miqyosida o‘tkazilayotgan sport musobaqalari yoshlarning katta musobaqalarga tayyorlanishi oldidan mahoratini yanada oshiradi.

Yurtimiz osoyishtaligini ta’minlash, Qurolli kuchlarimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga bel bog‘lagan bo‘lg‘usi harbiylar Toshkent birlashgan texnika maktabi saboqlari asosida bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.

Jamila ERDONOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: