Suv ostida yuk tashuvchi yangi avlod roboti

 Xitoy temir yo‘l korporatsiyasi (CRRC) suv ostida yuk tashish bo‘yicha masofadan boshqariladigan qurilmani taqdim etdi. U hozircha tijorat maqsadlari uchun yaratilgan birinchi robot hisoblanadi.

Masofadan boshqariladigan boshqa suv osti apparatlari kabi taqdim etilgan model ham tadqiqot maqsadlarida, qutqaruv va kuzatuv ishlarida, suv tubidan buyum va jismlarni olib chiqishda hamda neft-gaz sohasi ishlarini kuzatishda foydalaniladi.

CRRC vakillarining ta’kidlashlaricha, yangi robot boshqa o‘xshash texnikalardan ustunlik jihatlariga ega. Apparatga 250 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, o‘zining og‘irligi 5 tonna bo‘lgan sharoitda 4 tonna yuk ko‘tara oladi. Sho‘ba korxonasi rahbari o‘rinbosari Yan Yunning so‘zlariga qaraganda qurilma 3 ming metr suv ostida va ko‘rish imkoniyati 1 metrdan 3 metrgacha bo‘lgan sharoitda ishlay oladi. Yana u suv havzasi tubidan igna kattaligidagi predmetlarni olib chiqishi mumkin.

Yana o‘qing:  Mehribonlik uyining sobiq direktori va xodimlariga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: