Yurakni davolovchi g‘aroyib qurilma
Xalqaro tadqiqotchilar guruhi tomonidan dori vositasini yuborish va yurak xuruji oqibatlarini davolash uchun yurak ustiga qo‘yiladigan hamda ko‘p marta qo‘llaniladigan implantant qurilma yaratildi.
U plastir shaklida bo‘lib, “Therepi” deb nomlanadi. Unda dori to‘ldiriladigan idish bo‘lib, yurakning jarohatlangan to‘qimasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu idish teri ustiga chiqarilgan qismi orqali qayta to‘ldirilishi mumkin. Idish jelatin asosidagi polemerdan tayyorlangan va yassi tubga ega. Tubi esa yurakka ma’lum miqdorda dori yoki boshqa modda yuborishga sozlanadigan, qisman o‘tkazuvchan membranadan iborat.
Olimlar idishni nafaqat dori vositalari bilan, balki hujayrani davolovchi dori vositalari bilan ham to‘ldirishni tavsiya qilmoqdalar. Bu umuman olganda, idishni hujayra fabrikasiga aylantiradi. Ya’ni, hujayralar yurak to‘qimasiga membranadan o‘tmaydi, idishda qoladi va u yerda hujayralar jarohatlangan to‘qimalarni tiklashga yordam beruvchi birikmalarni ishlab chiqaradi.
Kalamushlarda o‘tkazilgan tajriba yurak xurujidan keyin ushbu a’zo faoliyatining yaxshilangani qayd etilmoqda. Nazariy jihatdan olganda qurilmani tananing boshqa a’zolari uchun ham qo‘llash mumkin.
Dilfuza AZIMOVA