Oila – baxt oshyoni

Oila – jamiyatning muhim bo‘g‘ini. Shu mo‘jazgina Vatanning osoyishtaligi yurt rivoji uchun nechog‘lik katta ahamiyat kasb etishini barcha birdek anglamog‘i zarur. Navoiy viloyatining Zarafshon shahridagi Axborot-resurs markazida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 22 yilligiga bag‘ishlangan seminarda ham ana shu muqaddas go‘shaning obodligi haqida so‘z bordi.

Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Anora Bobomurodova, Uchquduq, Tomdi va Zarafshon tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari, keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

Seminarda so‘zga chiqqanlar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati borasida so‘z yuritdi. Tadbirda «Bahor», «Navro‘z» mahallalaridagi mavjud muammolar va ularning yechimi borasidagi olib borilayotgan ishlar xususida mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillarining so‘zlari tinglandi. Tomdilik va uchquduqlik mahalla faollari bilan o‘zaro tajriba almashildi.

Laylo TURSUNOVA,

Zarafshon shahridagi Axborot-resurs markazi rahbari

Yana o‘qing:  Barkamol avlod tarbiyasi – ustuvor maqsad

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: