XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-36)
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 31 avgust kuni Oqsaroyda mamlakatimizga tashrif buyurgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi a’zolari Eni Faleomavayega va Jeyms Patrik Moranni qabul qildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta’lim muassasalarida joriy yilda o‘qishga qabul qilingan kursantlarning qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
- Andijon shahrida ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zahiralari tennis maktabi foydalanishga topshirildi.
- 2013 yilgi Investitsiya dasturi asosida Yakkabog‘ tumanidagi Chaqar qishlog‘ida 180 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 56-umumta’lim maktabi qad rostladi.
- Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida yangi bolalar musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirildi.
- Marg‘ilon shahrida Vatanimiz mustaqilligining 22 yilligiga bag‘ishlangan «Obod yurtning ozod qiziman» mavzusida iqtidorli qizlar anjumani bo‘lib o‘tdi.
- Shri-Lankada shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan IX Osiyo chempionatida iste’dodli shaxmatchilarimiz rapid — tezkor shaxmat bahslarida ikkitadan oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi.