Intilganga imkon bisyor

Asatullo aka Zoirov zamonamizning ilg‘or tadbirkorlaridan. U rahbarlik qilayotgan “MDF farmeshin” korxonasi yuqori sifatli qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish orqali xaridorlar ishonchini qozongan. Yillar mobaynida to‘plangan tajriba natijasida tadbirkor katta yutuqlarga erishmoqda.

Qurilish sohasini chuqur o‘rgangan Asatullo aka 2008 yildan sement savdosi bilan shug‘ullana boshladi. Keyinchalik kichik korxona tashkil qilib, beton g‘ishtlar va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Quvonarlisi, ishlab chiqarish ko‘lami yil sayin ortib bordi. Bugunga kelib, korxonada tayyorlanayotgan mahalliy xomashyo Qozog‘iston va boshqa qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda. Bu muvaffaqiyatlarga erishishda korxonada mehnat qilayotgan 1500 nafar ishchi-xodimning hissasi katta.

Tadbirkor bir tomonlama faoliyat bilan chegaralanib qolmay, zamonaviy uy-joylar qurish sohasida ham faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bugun Asatullo aka boshchiligidagi quruvchilar tomonidan puxta reja asosida bunyod etilayotgan mustahkam va zamonaviy uylar xalqimizga manzur bo‘lmoqda. Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi Nurafshon ko‘chasida qad rostlagan ko‘p qavatli muhtasham uylar so‘zimiz isbotidir. Hozirda 144 ta xonadon egalari mazkur turar joy binosida istiqomat qilmoqda. Ular shinam, har tomonlama qulay va ko‘rkam uylarni qurib bergan quruvchilarga o‘z minnatdorliklarini bildirmoqda.

Shuningdek, korxona quruvchilari Sergeli tumanining 5-dahasidagi yetti qavatli, 665 ta xonadondan iborat 17 ta uyning kalitlarini o‘z egalariga topshirdi.

Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab Mustaqilligimizning 27 yilligini nishonlashga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. To‘yga to‘yona bilan deganlaridek, korxona quruvchilari 840 ta xonadondan iborat 27 qavatli uylarni bayram arafasida o‘z egalariga topshirish uchun astoydil mehnat qilmoqda. Qurilishning tez va sifatli bajarilishida bosh muhandis Ne’matullo Artiqov, direktor o‘rinbosari Ilhom Islomov, ish boshqaruvchi Abdulla Salimbekov, quruvchilar – Qahramon Murodov, Abdujalil Hasanovlarning hissasi katta bo‘lmoqda.

Asatullo akaning orzulari bisyor. Xivadan mohir ganchkorlar, Samarqanddan dong‘i ketgan ustalar, Qo‘qon, Shahrisabz va Buxorodan mohir quruvchi mutaxassislarni bir joyga jamlab, xalqaro qurilish kompaniyasini tashkil etishni maqsad qilgan. Qolaversa, xorijiy davlatlarda ham milliy an’analarimiz aks etgan naqshinkor uylar qurishni reja qilgan tadbirkor hozirdanoq investorlar bilan muloqotni boshlab yuborgan.

 

– Hozirda xalqaro loyihalar ustida ish olib borayapmiz, – deydi korxona rahbari Asatullo Zoirov. – Nasib bo‘lsa, yaqin kelajakda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida zamonaviy uy-joylar bunyod etib, yurtimizga valyuta olib kirishni, shu orqali ona Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilganmiz.

 

Yana o‘qing:  Maqolani o‘qib...

Asatullo akaning tadbirkorlik sohasidagi ezgu ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

Oygul RAZZOQOVA,

jurnalist

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: