Ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash tizimi joriy etiladi

1 avgustdan boshlab Prezidentning “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida O‘zbekistonda ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash tizimi joriy etiladi.

Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga mansub xodimlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga bir martalik subsidiyalar berilishini nazarda tutadigan ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash tizimi joriy etiladi. Shuningdek, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz shaxslarni, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan kasb-hunar ta’limi muassasalariga grantlar ajratiladi.

Yana o‘qing:  Tibbiyot konsepsiyasida JSST ekspertlari ishtirok etyapti

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: