Afg‘onistonlik yoshlar o‘zbek tilini o‘rganmoqda
34 nafar afg‘onistonlik yoshlar temir yo‘l sohasida O‘zbekistonda oliy ta’lim olish maqsadida til o‘rganmoqda.
Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining ilm-fan masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi La’l Pacha Azmun bilan bo‘lib o‘tgan rasmiy uchrashuvda ma’lumot berilgan.
Yuqori martabali mehmon afg‘on yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida bilim olishga bo‘lgan qiziqish kundan kunga kuchayib borayotgani, ayni paytda 34 nafar afg‘onistonlik yoshlar temir yo‘l sohasida O‘zbekistonda oliy ta’lim olish maqsadida til o‘rganayotganini, bundaylar soni tobora ortib borayotganini bildirgan.